28 aprel kuni Toşkentda «Avtomobilsiz kun» tadbiri ötkaziladi. Bu haqda şahar hokimligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, tadbirning ahamiyati – bir tomondan insonlar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş bölsa, ikkinçi tomondan atrof muhitda barqarorlikni saqlaş, tabiatga zaharli gazlar çiqişini imkon qadar kamaytiriş.
«Avtomobilsiz kun» tadbiri Toşkent şahrining ba’zi hududlarida ötkaziladi. Uning doirasida şaxsiy avtomobillarda harakatlanişni kamaytiriş, aholi orasida jamoat transportidan va velosipeddan foydalanişning hamda piyoda yurişning afzalliklarini tarğib etişga qaratilgan köplab tadbirlar taşkil etiladi.











