Bugun, 11 may kuni Özbekiston Ekologik partiyasi markaziy kengaşining navbatdan taşqari plenumi bölib ötdi. Yiğilişda prezidentlikka nomzod masalasi körib çiqilgan.

ÖzA xabariga köra, plenumda partiya markaziy kengaşi ijroiya qömitasi raisi Abduşukur Hamzayevni Özbekiston prezidenti lavozimiga nomzod etib körsatiş böyiça qaror qabul qilindi.

Abduşukur Hamzayev 1973 yilda Surxondaryo viloyati Uzun tumanida tuğilgan. 1995 yil Samarqand qişloq xöjalik institutini, 2013 yil Davlat boşqaruvi akademiyasini tamomlagan, mutaxassisligi agronom olim. Qişloq xöjalik fanlari doktori, professor hisoblanadi. Oilali, uç nafar farzandi bor.

U 2022 yil iyun oyidan Ekopartiyaning Markaziy kengaşi ijroiya qömitasi raisi örinbosari bölgan, dekabr oyida partiya rahbariga aylangandi.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda 2023 yil 9 iyul kuni muddatidan oldin prezidentlik saylovi ötkazilişi belgilangan. Markaziy saylov komissiyasi 10 maydan prezidentlik uçun saylov kampaniyasi boşlanişini e’lon qilgan. Saylov okruglarini tuziş 15 maygaça, saylov uçastkalarini tuziş 25 maygaça belgilanmoqda. Bundan taşqari, saylovçilarning yagona elektron röyxati tuziladi.

Siyosiy partiyalar öz vakolatli vakillarini röyxatdan ötkaziş uçun saylov kampaniyasi e’lon qilinganidan keyin 3 kun muddat içida Markaziy saylov komissiyasiga murojaat qilişi kerak böladi. Saylovda iştirok etiş uçun partiyalar 15 maygaça hujjatlarni taqdim etişlari zarur. 17 maydan 1 iyungaça partiyalar öz nomzodlarini körsatişlari mumkin. Nomzodni röyxatga oliş haqidagi hujjatlarni taqdim etiş — 2 iyun kuni yakunlanadi.

Ma’lumot uçun, Özbekistonda beşta partiya röyxatdan ötkazilgan. Hozirça boşqa partiyalar nomzodlari ma’lum qilinmadi.