Özbekistonning oltin-valuta zaxiralari kamaydi
Aprel oyida Özbekistonning oltin-valuta zaxiralari 230 mln dollarga kamayib, 35,2 mlrd dollarni taşkil qilgan. Xorijiy valuta zaxiralari ham 10,1 mlrd dollardan 9,9 mlrd dollarga kamaygan.
Oltin narxi oşayotganiga qaramay, zaxiralarning oltin qismi kamaygani e’tiborli. Iqtisodçi Otabek Bakirov şu haqda söz yuritib, aprelda qiymati 1 mlrd dollarga yaqin oltin sotilgan bölişi mumkinligini taxmin qildi.
Uning sözlariga köra, aprelda zaxiralarning valuta qismi ham kamaygani bois, bunday holatda oltin zaxiralari iqtisodiyotga yönaltiriş uçun Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasiga ötkazilgan bölişi mumkin.
Kun.uz Markaziy bankka oltin zaxiralari qaysi omillarga köra kamaygani borasida savollar yubordi, ammo javob oliş imkoni bölmadi, bu borada yangi hafta davomida yana ma’lumot beramiz.
Kartadan kartaga ötkazmalar sirligiça qoladigan böldi
Jamoatçilikning keskin tanqidlari va e’tirozlaridan keyin kartadan kartaga ötkazmalarga hisob-faktura rasmiylaştiriş talabi bekor qilindi. 1 maydan kuçga kirişi kerak bölgan bu tartib bilan Soliq qömitasi millionlab fuqarolarning kartadan kartaga pul ötkazmalari haqidagi ma’lumotlarni nazorat qilişi mumkin edi. Bu esa yangi tahrirdagi Konstitutsiya va Bank siri töğrisidagi qonunning qöpol ravişda buzilişini anglatadi.
Kun.uz bu mavzuni atrofliça yoritib bordi. 1 maydan e’tiboran kuçga kirgan yangi Konstitutsiyada bank sirlari daxlsizligi böyiça normaning kuçaytirilgani kartadan kartaga ötkazmalar böyiça talabni Konstitutsiyaga zid qilib qöygan edi.
Ofşordagi kompaniyalarga bank oçişga ruxsat berilyapti
Benefitsiarlari ofşorda röyxatdan ötgan norezidentlarga Özbekistonda bank oçişga ruxsat
















