12 dekabr kuni Toşkentda Özbekiston hukumati va Vengriyaning OTP banki bilan “Ipotekabank”ni xususiylaştiriş böyiça bitim imzolandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

OTP Bank Özbekiston Moliya vazirligiga tegişli 100 foiz aksiyalarni (jami aksiyalarning qariyb 97 foizi) ikki bosqiçda sotib oladi. Dastlab, 2023 yilning birinçi yarmida aksiyalarning 75 foizi, uç yildan söng qolgan 25 foizi xususiylaştiriladi.

“Ipotekabank” boşqaruv raisi Elyor Inomjonov bitim narxiga oid savolga javoban, hozirça bitimning ba’zi punktlarini oşkor eta olmasligini aytdi.

“Tranzaksiya böyiça pul kelib tuşgandan keyin narxini oçiqlaş imkoniyati böladi”, – dedi u.

Inomjonovga köra, bu xususiylaştiriş moliya-bank tizimi rivojlanişiga qöşimça turtki beradi.

“OTP bankining salohiyati, yangi xizmatlar sifati va tajribasi yuqori. Bu jarayon töxtab qolmaydi, doimiy davom etadi. Işonamanki, OTP bank kelgandan kelgan bank tizimining lokomotovi sifatida boşqa banklar rivojiga hissa qöşadi. Maqsadimiz – raqamlaştirişni yanada rivojlantiriş, mijozlarga yanada sifatli xizmatlar körsatiş. Şu bilan birga, bu bank kompakt bank hisoblanadi”, – dedi u.

Ma’lum qilinişiça, “Ipotekabank” xususiylaştirilgaç, uning nomi özgarişsiz qoladi.

Eslatib ötamiz, 2021 yilda Vengriyaning OTP banki “Ipotekabank”ning 75 foiz uluşini sotib olişi ma’lum bölgandi. Bu haqda Özbekiston birinçi iqtisodiy forumida boş vazir örinbosari Jamşid Qöçqorov aytib ötgandi.

Şundan keyin 2022 yilning aprel oyida Vengriya banki Ukraina-Rossiya uruşi sababli xususiylaştiriş böyiça tölovlarni bir neça oyga ortga suriş uçun murojaat qildi.

Xususiylaştiriş jarayoni 2022 yilning noyabr oyida tiklandi.

Moliya vazirligiga köra