AQŞning Rossiya bilan yaqinlaşuvi fonida rubl va söm kursi sezilarli mustahkamlandi. Özbekistonning Markaziy Osiyo davlatlariga eksporti sezilarli qisqardi, ikkinçi eng yirik eksport hamkori statusi Afğonistonga ötdi. Ötgan hafta jahon va Özbekiston iqtisodiy hayotida röy bergan yangiliklar – iqtisodçi Ahliddin Malikov şarhida.
AQŞ–Rossiya munosabatlarida iliqlaşuv
18 fevral kuni AQŞ va Rossiya diplomatlari Saudiya Arabistonida dastlabki muzokaralarni ötkazdilar. Ukraina va Yevropa mamlakatlari iştirokisiz ötkazilgan bu muzokaralarda AQŞ va Rossiya ikki tomonlama munosabatlarini qayta körib çiqiş va Ukrainadagi uruşni hal qiliş masalalarini muhokama qilişdi. Bundan oldin, AQŞ allaqaçon Ukrainaning NATO a’zoligiga intilişlari va hozirda Rossiya nazorati ostida bölgan hududlarni qaytarib oliş ehtimolini rad etib, Rossiyaga katta yon berişlarni amalga oşirgan edi.
Muzokaralardan keyingi bayonotda AQŞ tomoni "Ukrainadagi mojaroning yakunlanişi"dan söng Rossiya bilan "tarixiy iqtisodiy va investitsiya imkoniyatlari" haqida söz yuritdi. Rossiya rubli Prezident Donald Trampning Moskvaga nisbatan keskin burilişi fonida sezilarli darajada kuçaydi. Rossiya markaziy bank payşanba kuni AQŞ dollariga nisbatan rasmiy valuta kursini 88,5 rubl darajasida belgiladi – bu 2024 yil avgustidan beri eng kuçli körsatkiç. Rubl Tramp 20-yanvarda Oq uyga qaytganidan beri taxminan 14 foizga kuçaygan. Şuningdek, Rossiya fond bozori ham yil boşidan beri 17 foizga kötarildi. Bu haftadagi fond bozorining kötarilişini ham qisman "geosiyosiy bosimning kamayişi" tufayli ekanligi bilan izohlaş mumkin.
Rossiya rublining AQŞ dollariga nisbatan mustahkamlanişi fonida, Özbekistonda ham hafta davomida söm kursi dollarga nisbatan faqat mustahkamlanib bordi. Dollarning rasmiy kursi 13 fevraldagi 13 ming sömlik maksimumdan keyin ketma-ket 6 savdo kunida pasayib, 21 fevralda 12 916 sömgaça tuşdi.
Rossiya rublining Özbekistondagi dollar kursi bilan qanday aloqasi bor? Rossiya taşqi savdo va xalqaro pul ötkazmalarida Özbekistonning asosiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. Şunga köra, rublning dollarga nisbatan mustahkamlanişi qisman söm qiymatining ham oşişiga ta’sir ötkazişi tabiiy. Ya’ni, agar rubl mustahkamlansa, Rossiyada işlayotgan özbek muhojirlarining maoşlari AQŞ dollari hisobida oşadi va Özbekistonga pul ötkazmalari körinişida köproq dollar kirib keladi. Ayni paytda, Markaziy bank raisi Timur Işmetovning bayonotiga köra, 2025 yilda sömning nominal qiymatida keskin özgariş bölişi kutilmayapti.
















