Uzcard va Humo bankomatlarini integratsiyalash bo‘yicha texnik ishlar yakunlandi
2023 yil 1 iyundan boshlab tijorat banklari bilan kelishilgan jadvalga muvofiq Uzcard va Humo to‘lov tizimlari bankomatlarini bosqichma-bosqich o‘zaro bir-biriga ulash boshlanadi.

Foto: KUN.UZ
Uzcard va Humo to‘lov tizimlari bankomatlarini integratsiya qilish bo‘yicha texnik ishlar yakunlandi. Bu haqda Bu haqda Uzcard axborot xizmati xabar berdi.
“Yagona umumrespublika protsessing markazi MChJ Milliy banklararo to‘lov tizimi bilan birgalikda Uzcard va Humo to‘lov tizimlari bankomatlarini integratsiya qilish bo‘yicha texnik ishlarni yakunladi.
Hozirgi vaqtda pilot rejimida ikkita bankomat ishlab turibdi: Uzcard'ga ulangan va Humo bank kartalarini qabul qiluvchi “Kapitalbank” ATB bankomati, shuningdek Humo'ga ulangan va Uzcard kartalari qabul qilinishini ta’minlaydigan “Xalq banki” ATB bankomati.
To‘lov tizimlarining ikkala operatori tomonidan test sinovlari muvaffaqiyatli yakunlangandan so‘ng, shuningdek tranzaksiyalarni amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatolar aniqlangandan keyin, tijorat banklarining barcha bankomatlarini ulash rejalashtiriladi”, deyiladi Uzcard bayonotida.
Ta’kidlanishicha, 2023 yil 1 iyundan boshlab tijorat banklari bilan kelishilgan jadvalga muvofiq barcha bankomatlarni bosqichma-bosqich ulash boshlanishi kutilmoqda.
Avvalroq, aholi tomonidan to‘lovlarni amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratishga qaratilgan prezident qarori imzolangandi. Unda Humo va Uzcard to‘lov tizimlari o‘zaro integratsiyasini bosqichma-bosqich, jumladan 2023 yil may oyiga qadar bankomatlar hamda 2023 yil yakuniga qadar to‘lov terminallari tizimini integratsiya qilish ishlarini yakunlash belgilangandi.
Ma’lumot uchun, Uzcard va Humo to‘lov tizimlari integratsiya qilinishi haqida 2020 yildan buyon aytib kelinadi. Bu jarayon 2021 yil oxirigacha yakunlanishi haqida rasman e’lon qilingan, lekin bu amalga oshmay qolgandi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyada salkam 30 yil avtobus boshqargan haydovchi 7 dollar o‘g‘irlagani uchun ishdan bo‘shatildi
Jahon | 00:43
-
Niderlandiya qiroli mamlakatni «tish-tirnog‘igacha qurollantirishga» chaqirdi
Jahon | 00:22
-
Qirg‘izistonda RF armiyasiga yollash ishi bo‘yicha rossiyalik polittexnolog hibsga olindi
Jahon | 23:58 / 24.04.2025
-
Tramp millionerlar uchun soliqlarni oshirishdan bosh tortdi
Jahon | 23:25 / 24.04.2025
Mavzuga oid

16:02 / 11.03.2025
Shuhrat Qurbonov Humo boshqaruvi raisi lavozimidan ketdi

14:30 / 27.08.2024
Kaspi.kz «Humo» to‘lov tizimini xususiylashtirishda ishtirok etishi mumkin

15:17 / 22.07.2024
“Humo” to‘lov tizimi operatorini sotish jarayoni boshlandi – Davaktiv

15:15 / 23.04.2024