Ötgan hafta jahon iqtisodiyoti va Özbekiston iqtisodiy hayotida röy bergan yangiliklar – iqtisodçi Ahliddin Malikov şarhida.
Rossiya–Ukraina uruşi böyiça tinçlik muzokaralari ehtimoli neft narxini tuşirdi
13 fevral kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi uruşni töxtatiş böyiça Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan telefon orqali suhbatlaşdi. AQŞ-Rossiya-Ukraina tinçlik muzokaralarining e’lon qilinişi, bozorlar Rossiyaga nisbatan Ğarb sanksiyalarining yumşatilişi ehtimolini kutgani sababli, xom neft narxlarining darhol pasayişiga olib keldi. Aniqroq aytadigan bölsak, Brent markali neft narxi $75 gaça, West Texas Intermediate (WTI) narxlari esa $70 gaça pastladi.
Ukraina uruşini tugatiş böyiça diplomatik sa’y-harakatlar umidli bölsa-da, tarixiy tajriba şuni körsatadiki, uzoq davom etgan geosiyosiy mojarolar global savdo va investitsiya yönalişlarida çuqur iz qoldiradi. Tinçlik muzokaralari muvaffaqiyatli bölgan taqdirda ham, Ğarb mamlakatlari sanksiyalarni darhol bekor qilişga ikkilanişi mumkin, bu esa neft narxlarining pasayişi vaqtinçalik bölişi mumkinligini anglatadi.
AQŞda inflatsiya
2025 yil yanvar oyi uçun AQŞ inflatsiya ma’lumotlari 17 oy içidagi eng yuqori narx ösişini körsatdi. Bu tovar va xizmatlar narxlarining kutilganidan ança köproq ösayotganidan darak beradi. Agar neft narxlari pasaysa, transport va işlab çiqariş xarajatlari kamayadi, bu esa butun dunyo böylab inflatsiyani pasaytirişi mumkin. Ammo agar AQŞda inflatsiya yuqori bölib qolsa, AQŞ Federal Rezervi (markaziy bank) foiz stavkalarini yuqori darajada saqlab qolişi mumkin, bu esa global miqyosda pul qarz olişni qimmatroq qiladi.
Bu – global kapital oqimlariga, ayniqsa, çet el investitsiyalariga tayanadigan Özbekiston kabi rivojlanayotgan bozorlarga ta’sir körsatadi. Agar qarz oliş qimmatlaşsa, bu yangi zavodlar, bizneslar va uylar uçun investitsiyalarni sekinlaştirişi mumkin.
AQŞ–Xitoy savdo uruşining kuçayişi
Donald Tramp prezidentlikka qayta saylanganidan keyin Xitoy importiga 10 foiz bojxona soliqlarini oşirdi. Bunga javoban Xitoy ham AQŞning bir qator tovarlariga bojlarni joriy etganini e’lon qildi. Bu tariflar orasida kömir va suyuqlaştirilgan tabiiy gazga 15 foiz, xom neft, qişloq xöjaligi texnikasi va katta dvigatelli avtomobillarga 10 foiz tarif mavjud. Uşbu voqea ikki mamlakat örtasidagi davom etayotgan savdo uruşida muhim bir bosqiçni belgilaydi.
















