Dollar kursi 11700 sömdan oşdi. Uy-joy bozorida narx pufagi paydo bölyapti. Eng katta banklardan biri ğalati tarzda xususiylaştirilişi mumkin. Prezident soliqçilarni jiddiy tanqid qildi. Hukumatning iqtisodiy blokida rokirovka. Kun.uz hafta iqtisodiy yangiliklarini iqtisodçi Otabek Bakirov bilan tahlil qildi.

Özbekistondagi ma’muriy islohotlardan 7 oy ötib, iqtisodiy sohani muvofiqlaştiruvçi iqtisodiyot va moliya vaziri Şerzod Qudbiyev yana Soliq qömitasiga qaytdi. Ayni vaqtda Soliq qömitasi yana mustaqil tuzilma bölib, vazirlik tarkibidan çiqarildi. Jamşid Qöçqorov esa iqtisodiyot va moliya vaziri böldi.

— Tajribalar faqat muvaffaqiyatlardan iborat bölmaydi. Ayrim hollarda xatolar ham anglaşiladi. Xatolar birinçi marta qilingan bölsa, ular keçiriladi. Oldinga qarab qadam bosişda davom etiş kerak. Adminreforma doirasida iqtisodiy blokda mavjud bölgan idoralarning bitta supervazirlikka birlaştirilişi xato edi. Adminreformaning birinçi kunlaridayoq juda köp ekspertlar bu haqda aytdi. Qarşi argument ölaroq Fransiyada şunday tajriba borligi aytildi, lekin fransuz tajribasining qolgan qismi ham bor: ularda yagona vazirlikka birlaştirilgan departamentlar mutlaq avtonomiyaga ega. Ular bir-biriga muvozanatli va mustaqil qarorlar qabul qila oladi. Bizning şaroitimizda esa daromadlarni ham, budjet xarajatlarini ham bitta vazirlik ostida nazorat qiladigan, boşqariladigan vazirlikka aylantirilişi töğri iş bölmagani aniq edi. Va bu amaliyotda tuşunib yetildi.

Hozir iqtisodiyotimiz va budjet muvozanatida yuzaga kelayotgan qator muammolar ham xato ma’muriy qadamning aks-sadolaridan biri hisoblanadi. Masalaga qaytadigan bölsak, bu ajraliş şu bilan yakunlanmasligi kerak. Çunki hozir Iqtisodiyot va moliya vazirligi tarkibida bojxona qömitasi saqlanib turibdi, u ham daromad şakllantiradigan davlat idorasidir. Iqtisodiyot va moliya vazirligidagi funksiyalar vertikali özgartirişlarda davom etsa kerak. Muvaffaqiyatli moliya va fiskal boşqaruv prinsiplariga köra, daromad topuvçilar taqsimlovçilarga, yoki taqsimlovçilar daromad topuvçilarga aylanmasligi kerak, deydi Otabek Bakirov.