Maskning Tesla'si sotilmay qoldi. Özbekiston 1,5 mlrd dollarlik obligatsiyalar çiqardi. Bitkoin narxi bir kunda 7 foizga tuşib ketdi. Ötgan hafta jahon va Özbekiston iqtisodiy hayotida röy bergan şu va boşqa yangiliklar – iqtisodçi Ahliddin Malikov şarhida.
Tesla sotuvlari tuşib ketdi
Milliarder Ilon Maskka tegişli Tesla kompaniyasining aksiyalari ötgan haftada 8 foizga pasaydi va bozor kapitalizatsiyasi 2024 yil noyabridan beri birinçi marta 1 trillion dollardan pastga tuşdi. Şuningdek, Tesla'ning Yevropadagi savdoci sönggi bir yil içida 45 foizga pasaygan. 2024 yil yanvarida 18 mingdan ziyodroq avtomobil sotilgan bölsa, 2025 yil yanvarida bu körsatkiç 9945 donagaça tuşgan.
Bunga sabab sifatida bir neçta omillarni sanab ötiş mumkin. Birinçidan, Ilon Maskning oxirgi paytlardagi siyosiy pozitsiyasi, xususan, Yevropa mamlakatlaridagi öng partiyalarni qöllab-quvvatlaşi xaridorlar orasida Tesla brendiga nisbatan salbiy fikrlar uyğota boşlagan.
Ikkinçidan, hozirda Y modelini yangilaş uçun zavodlarni modernizatsiya qiliş jarayoni vaqtinça işlab çiqariş pasayişiga olib kelgan. Şuning uçun xaridorlar yangi modelni kutiş rejimida bölişi mumkin.
Uçinçidan, butun dunyoda Xitoy elektromobil işlab çiqaruvçilari Tesla uçun kuçli raqobatçiga aylanib boryapti. Xususan, ötgan oylarda Xitoy işlab çiqaruvçilaridan biri bölgan SAIS Group Yevropada Tesla'dan ikki baravar köp elektromobil sotgan.
Bitkoin narxlari tuşib ketdi
Bitkoin narxlari noyabrdan beri eng past darajaga tuşdi va sönggi ikki yildagi eng katta haftalik yöqotişni qayd etdi. Bozor qiymati böyiça dunyodagi eng yirik kriptovaluta hisoblanadigan bitkoin juma kuni 7 foizgaça pasayib, $78,273 ga tuşdi, bu – noyabr oyining 10-sanasidan beri eng past daraja hisoblanadi.
Birinçi navbatda, bitkoin texnologiya sektoridagi aksiyalar, xususan "Katta yettilik" deb atalgan yirik texnologiya kompaniyalarining körsatkiçlari bilan kuçli boğliqlikka ega. Şuning uçun uşbu sektordagi qisqarişlar (masalan, NVIDIA kabi kompaniyalarning kutilmaganda past natijalari) töğridan töğri kriptovaluta bozoriga salbiy ta’sir körsatmoqda.
Bundan taşqari, kriptovalutalar bozorida investorlar işonçini kamaytiradigan voqealar, masalan, Bybit platformasiga qilingan xakerlik hujumi bitkoin narxi tuşişiga sabab bölgani ehtimoldan xoli emas. 21 fevral kuni hakerlar Bybit platformasidan 1,5 milliard dollarlik kriptovalutalarni öğirlagandi. Bloomberg buni kriptovaluta tarixida kuzatilgan eng yirik öğrilik deb atagan.
















