“Mening yölim” loyihasining 2023 yilgi mavsumi 7 aprel kuni yakunlanib, ğoliblar e’lon qilindi. Mavsumda 8 milliondan ziyod fuqaro (aniqroği, sim-karta) iştirok etgan, 10 317 ta taklif kelib tuşgan.
“Mening yölim” loyihasidan maqsad – tuman (şahar) budjetlarida hududiy içki yöllarni ta’mirlaş uçun rejalaştirilgan mablağlarning kamida 50 foiz qismi fuqarolar fikri asosida yönaltiriş. 2023 yilda loyihaga ajratilgan mablağ 2 barobarga oşirildi.
Qişloqlar ğoliblik uçun qattiq kuraşdi
“Mening yölim” loyihasiga takliflar qoldiriş va ovoz beriş jarayonlari “Oçiq budjet” portalida amalga oşirildi. Portal ma’lumotlariga tayansak, şaharlarda kam ovoz bilan ğolib bölgan loyihalar bilan bir qatorda, qişloqlarda 10 ming va hatto 40 mingdan ziyod ovoz yiğib ham ğolib böla olmagan loyihalarni köramiz.
Masalan, Toşkent şahri Yaşnobod tumani Munavvar SMP köçasini ta’mirlaşga oid taşabbus 178ta ovoz bilan ğolib bölgan. Toşkentdan unça uzoq bölmagan Toşkent viloyati Böka tumanidan qoldirilgan loyiha esa 15 142 ta ovoz bilan ham ğolib böla olmagan.

Iqtisodçi Otabek Bakirov Toşkent şahrida hatto 2 ta ovoz bilan ğolib bölgan loyihalar ham borligiga e’tibor qaratdi.
“Toşkent şahrida hattoki 2 ta ovoz olgan loyiha (Yakkasaroy tumani Rakatboşi 1-tor köça – tahr.) ham ğolib bölgan. Umuman olganda, yöllari ança ravon bölgan poytaxtda 15 ta loyiha 100 tadan kam ovoz yiqqan bölsa-da, ğolib böla olgan.
Yöllari abgor, çekka qişloqlarda minglab, ön minglab ovoz yiğa turib mağlub bölgan taşabbuslar soni esa yuzdan ziyod. Farğonada Nihol qişloği deyarli 44 ming ovoz












