8 may kuni restoranning tantanali oçiliş marosimida Wendy's’ning öziga xos burgerlarini tatib köriş va bayramona kayfiyatdan bahramand bölişni istagan köplab mehmonlar töplandi. Iqtidorli boşlovçi Soti Kamolov boşçiligida ötkazilgan oçiliş marosimida DJ Sam, sirk ustalari, animatorlar iştirok etişdi.

Oçiliş marosimini tadbirning maxsus mehmoni, The Wendy's Company vitse-prezidenti Rajyeyev Sabharval öz nutqi bilan oçib berdi:
“Özbekistonda rivojlaniş va ösiş biz uçun juda muhim – bu Wendy'ning muvaffaqiyat tarixidan bir qism xolos. Ayni paytda dunyoning 31 dan ortiq mamlakatlarida Wendy's restoranlari mavjud. Bizning maqsadimiz Wendy's’ni dunyodagi eng sevimli tez ovqatlaniş restoranlari tarmoğiga aylantirişdir. Wendy's Özbekiston jamoasi bu yöldan muvaffaqiyatli bormoqda. Bu yerda Şohrux Jalilov va uning ajoyib jamoasi bilan işlaş biz uçun şaraf, çunki ular öz jamoasiga işonişadi.

Ular uçun odamlarga sarmoya kiritiş va Özbekistonda ösişi uçun imkoniyat yaratiş muhim, buning uçun men ham ularga öz minnatdorçiligimni bildiraman. Wendy's’dagi maqsadimiz yuqori sifatli taomlar tayyorlaşga asoslangan ovqatlaniş tajribasini taqdim etişdir. Restoranimizga döstlaringiz, oilangiz bilan taşrif buyuring".
U öz sözini barça mehmonlarga oçilişda iştirok etganliklari uçun taşakkur aytib, uşbu tadbirda qatnaşayotgan Kusto Group jamoasiga alohida minnatdorçilik bildirdi.
Öz navbatida, Kusto Group direktorlar kengaşi a’zosi Orazxan Karsibekov oçiliş marosimiga taşrif buyurgan barça mehmonlarni tabrikladi va Toşkentda törtinçi restoranni oçişga imkon yaratgan Rajiv, Wendy's jamoasi haqida iliq fikrlar bildirdi.

“Wendy'sni qançalik yaxşi körsangiz, Özbekistonda Wendy's filiallari şunçalik köp oçiladi. Biz birinçi 20 ta restoranni oçişni rejalaştirmoqdamiz, keyin hammasi sizga boğliq. Yoşlar uçun – 650 dan ortiq iş örni yaratamiz. Hammani tabriklayman, muxlislarimiz yanada köpayadi degan umiddaman”.
Uning fikriça, Özbekistonda Wendy's kompaniyasining kengayişi mamlakat iqtisodiyotiga foyda keltiradi va yangi iş örinlari yaratadi.












