Wendy's burgerlari boşqaça körinişi bilan birga, çindan ham boşqaça. Wendy's asosçisi Deyv Tomas eng yaxşi burgerni yaratişga intilgan, bunda sifatni asosiy ustuvorlik qilib belgilagan. 1969 yilda Wendy's birinçi restorani oçilganidan beri, toza mol göşti barça öyin qoidalarini özgartirdi va kvadrat şakldagi kotletlar Wendy's öz mijozlariga faqat eng yaxşisini taqdim etişga intilişining ramziga aylangan.

2019 yilda Wendy’s Özbekistonda oçilganidan boşlab, kompaniya kotletlar işlab çiqarişni mahalliylaştirişni asosiy maqsad qilib qöygan, bu Wendy's yuqori standartlari va prinsiplariga mos kelişi kerak edi. Biroq, bu vazifani amalga oşiriş oson bölmagan. Qiyinçilik şundan iborat ediki, Özbekiston içki bozorida öşa paytda Wendy's standartlariga mos keladigan va zarur xalqaro oziq-ovqat xavfsizligi va sifat nazorati sertifikatlariga ega bölgan kompaniyalar mavjud emas edi, bu esa burgerlarning istalgan ta’mi va sifatiga erişiş yölida tösiqlar yaratar edi.

2021 yilda Promeat va Wendy’s strategik hamkorlik töğrisida kelişuvga erişdilar. Promeat – bu "Halol" sertifikatiga ega agrosanoat kompaniyasi bölib, u mahsulot işlab çiqariş, qayta işlaş va sotiş jarayonlarini "daladan dasturxongaça" tamoyili asosida amalga oşiradi. Şunday qilib, Promeat xalqaro sifat standartlari akkreditatsiyasiga va Wendy’s uçun zarur uskunalarni tayyorlaş jarayonlarini boşladi, bu esa butun göşt mahsulotlari liniyasining menyuga moslaşuviga start berdi.

"Öz mijozlariga a’lo ta’m va yuqori sifatni ta’minlaş maqsadida Wendy’s yangi kotletlardan foydalanadi. Şu munosabat bilan, işlab çiqarişda mikrobiologiya nazorati, mahsulotning yakuniy haroratini saqlaş va restoranlarga yetkazib berişning öylab çiqilgan logistikasi böyiça qat’iy talablar joriy qilingan", – deydi Promeat boşqaruvçi direktori Islam Mutalov.

Wendy’s va Promeat Özbekistondagi tezkor ovqatlaniş restoranlari bozorida uşbu jarayonni ilk marotaba joriy qilgan yetakçilar hisoblanadi. Infrastruktura tayyorlaş, zarur uskunalarni sotib oliş va xalqaro sertifikatlarni oliş uçun uç yillik hamkorlik işlari talab qilindi. Promeat jamoasiga maslahat beriş uçun dunyoning turli mamlakatlaridan Wendy’s xalqaro mutaxassislari jalb qilindi. Birgalikda işlab çiqariş jarayonlari amalga oşirildi, işlab çiqarişning har bir bosqiçida sifatni kuzatiş tizimi örnatildi va retseptlar hamda sifat standartlarini sir saqlaş töğrisida bir qator şartnomalar imzolandi.

“Özbekistondagi Wendy’s jamoasi va Promeat kompaniyasini bunday muhim yutuq bilan tabriklayman. Bu katta qadam bölib, u yangi burgerlarning betakror ta’mini ta’minlaydi.” - APMEA mintaqasi böyiça Wendy’s sifatni ta’minlaş menejeri Sinişa Lyubiçiç.