Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov ötgan yili 1 noyabrda ötkazgan selektorda maktablarning sotilib ketgan mulklari haqida gapirgan edi.
Umrzoqov 198 ta holatda maktablarning yerlari yo binolari yoki hokimlar tomonidan olib qöyilgan, yoki özboşimçalik bilan egallab olinganini aytgandi. Administratsiya rahbari öşanda prokuraturaga yerlarni qaytariş böyiça sudga arizalar kiritiş vazifasini topşirgandi.
“Ayniqsa Andijon viloyatida 25, Samarqandda 7,6, Qaşqadaryoda 7 gektardan ortiq maydon xalq ta’limi vaziri bilan kelişilmasdan, hokimliklar qarori bilan özgalar tasarrufiga ötib ketgan. Markazlarda, köpçilikka qulay joyda joylaşgan yer maydonlari qanday qilib berilganini biliş uçun katta aql şart emas”, – degandi Sardor Umrzoqov.
Oradan yarim yil ötib, Kun.uz bu topşiriq ijrosi qanaqa bölgani yuzasidan Boş prokuratura hamda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligiga murojaat qildi.
Boş prokuratura matbuot xizmatidan hozirça sörovimiz javob bölmadi. Vazirlik matbuot xizmatiga köra esa, topşiriq ijrosini ta’minlaş maqsadida Hisob palatasi, Boş prokuratura, Kadastr agentligi va öşa vaqtdagi Xalq ta’limi vazirligining mas’ullari tomonidan joyiga çiqqan holda örganiş işlari olib borilgan.
Xatlov natijalariga köra, 2018-2021 yillar davomida 467 ta holatda umumta’lim muassasalariga tegişli hududlar noqonuniy ravişda olib qöyilgani aniqlangan. Şundan 423 ta holatda 78,1 gektar yer maydoni jismoniy va yuridik şaxslar tomonidan egallangan, 44 ta holatda 14,8 gektar yer maydoni hokimlik zaxirasiga olingan.
Ma’lum qilinişiça, respublika böyiça 277 ta umumta’lim va maktabdan taşqari ta’lim muassasalarida 93,6 gektar yer maydoni fuqarolar tomonidan egallab olingan yoki mahalliy hokimlik qarorlari asosida olib qöyilgan.
Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligiga köra, mulklarni maktablar balansiga qaytariş böyiça 246 ta holat yuzasidan fuqarolik va ma’muriy sudlarga davo arizalari kiritilgan va bugungi kunda sud jarayonlari davom etmoqda.
27 ta obekt maktablar balansiga töliq qaytarilgan. Davlat taşkilotlari joylaşgan 67 ta (27 ta MFY binolari va 40 ta davlat maktabgaça ta’lim muassasalari) obektlardan nol qiymatli ijara şartlari asosida foydalaniş uçun işlar boşlangan.













