Polşa prokuraturasi belaruslik amaldorlarni uç yil avval mamlakatda röyxatdan ötgan samolyotni boşqa tomonga yönaltiriş uçun hiyla işlatganlikda va dissidentni hibsga olmoqçi bölgan paytda bortdagi 132 kişining erkinligini buzganlikda aybladi, deb xabar beradi Associated Press.

Qayd etilişiça, uç amaldor dissident blogerni olib ketayotgan samolyotga Minskka rejadan taşqari qönişni buyurgan — bu esa öşa paytda Litvada quvğinda yaşagan belaruslik bloger Roman Protaseviçning hibsga olinişiga sabab bölgan.

2021 yil 23 may kuni Afinadan Vilnyusiga uçgan Ryanair aviakompaniyasining FR4978 reysi Belarus havo makonini kesib ötayotganida unga yönalişni özgartirib, Minskka qöniş buyurilgan.

Rasmiylar körsatmasiga binoan belarus dispetçerlari uçuvçilarga havo kemasida portlovçi modda borligini bildirgan. Belarus harbiylari havoga «MiG-29» qiruvçi samolyotini kötarib, ekipajni buyruqni bajarişga majburlagan.

Polşa prokurorlarining bayonotida keltirilişiça, uç nafar belarus amaldori Polşada bölmagani bois ularga ayblov e’lon qila olmagan va ularni tekşirişga order bergan. Şuningdek, prokuratura ularning hibsga olinişi böyiça Yevropa orderini olişga urinmoqda.

Polşa maxfiylik siyosatiga muvofiq ular uç nafar erkakning faqat ismi va familiyalarining boş harfini e’lon qilgan: Leonid Ç. — Belarus aeronaviatsiyasi sobiq boşliği, Yevgeniy T. — öşa vaqtda Minsk aeroporti aviadispetçeri va Belarus Davlat xavfsizligi qömitasi boşliği.

Ularning uçalasi ham samolyotni boşqa tomonga yönaltiriş uçun yolğon bomba tahdididan foydalanganlikda va bortdagi odamlarning, şu jumladan, Polşa fuqarolarining erkinligini buzganlikda ayblanmoqda.

2023 yil may oyi boşida Minsk sudi Nexta Telegram-kanalining sobiq boş muharriri Roman Protaseviç işi böyiça hukm çiqargandi. Protaseviç bir qator jinoyatlarda aybdor deb topilib, 8 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Oradan köp ötmay Roman afv etilgandi.