Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenko Nexta platformasining sobiq boş muharriri Roman Protaseviçni “bizning (Belarus) razvedkamiz xodimi” deb atadi. «Protaseviç — bu bizning razvedka xodimi. Uni uşlaşimiz kerak edimi? Savol — nima uçun u (Ryanair samolyoti) Vilnyusga uçib borib, u yerga qönmadi-yu, orqaga burilib Minskka kelib qöndi — bortda qandaydir portlovçi modda bor, degan qönğiroqdan keyin… Qönavering, axir siz Vilnyusga uçayotgan edingiz, Vilnyus ustida edingiz — qönavering. Orqaga burilişdi-da, Minskka uçib kelişdi», — dedi Lukaşenko 31 oktyabr kuni Berezin biosfera qöriqxonasiga taşrif çoğida.

Ryanair samolyoti Minskka şoşilinç qönganidan söng, Lukaşenkoning aytişiça, Belarus maxsus xizmatlari Protaseviçni “uşlaş operatsiyasini” ötkazgan, garçi bu kerak bölmagan: «Bizni göyoki muxolifni uşlaganimizda ayblaşdi. U bizniki, muxolif emas. Biz muxolifni uşlamaganmiz. Ana şunga sanksiyalar qöyildi», — deya davom etdi Belarus rahbari. Şuningdek, u muxoliflar «Belarus tomonini “egiş” uçun bahona izlayapti», degan taxminni ham bildirdi.

Belarus demokratik kuçi rahbari Svetlana Tixanovskayaning maslahatçisi Franak Vyaçorka Lukaşenkonng bayonotini şunday izohladi: «Menimça, Lukaşenko keksaygani sayin özi guvohliklarida adaşyapti, özi nimadir öylab topyapti va şunga işonyapti. Afsuski, şuning uçun belaruslar aziyat çekmoqda».

Unga köra, 2021 yilda Protaseviç Belarus hududida uşlanganidan keyin u bilan nima bölganini bilmaydi: «…lekin 2021 yilgaça Roman şunçaki özi edi — kamçilik va afzalliklari bilan, rejimni çindan yomon körardi, va Lukaşenkoning sözlari juda işonarsiz tuyulyapti», — dedi u Euroradio efirida.

Keyinroq Roman Protaseviç Rossiyaning TASS agentligi muxbiri bilan suhbatda Lukaşenko sözlarini tasdiqladi: «Mening izohim qisqa böladi: ha, bu ma’lumotni tasdiqlay olaman, lekin hozirça ayta oladiganim şuning özi», — dedi u.

Ryanair aviakompaniyasining Afinadan Vilnyusga parvoz qilgan samolyoti 2021 yil 23 may kuni Belarusda majburiy qönişga majbur bölgan edi. Litva poytaxtiga qönişga bir neça daqiqa qolganda, layner Belarus havo hududi ustida orqaga burilib, Minsk aeroportiga qöndi. Belarus dispetçerlaridan bortda göyo bomba bor, degan xabar kelgan. Laynerni kuzatiş uçun Belarus HHKning qiruvçilari ham havoga kötarilgan. Aeroportning özidayoq xavfsizlik kuçlari ikki yölovçini — Roman Protaseviç va u paytda uning tanişi bölgan Sofya Sapegani — uşlagan.

2022 yil may oyida Belarus sudi Sapegani “adovat qözğaş” va “şaxsiy ma’lumotlar bilan işlaş qoidalari” moddalari böyiça olti yil koloniyaga hukm qilgan. Tergov bilan hamkorlik töğrisidagi kelişuvni imzolagan Protaseviç esa 2023 yil mayida “Belarusda davlat hokimiyatini konstitutsiyaga xilof tarzda egallaş uçun yiğiliş” işi doirasida sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Protaseviç işi böyiça hukm hali kuçga kirmasidan avval Lukaşenko uni afv etiş töğrisida farmon imzolagan. Sofya Sapega — Lukaşenko afv etişdan boş tortganiga qaramay — muddatni töliq ötamadi: Rossiya bilan kelişuvlar natijasida uni vatanga qaytarişdi.