«NLMK»ning asosiy egasi, milliarder Vladimir Lisin Abu-Dabida ikkita kompaniya - Serenity II Holdings va Nebula II Holdings’ni röyxatdan ötkazdi, deb yozadi BAA reyestridan ma’lumotlarni öqib çiqqan Bloomberg. Ikkala holatda ham gap SPV - (inglizçada - special purpose vehicle) - ma’lum bir loyiha uçun yaratilgan maxsus maqsadli kompaniyalar haqida ketyapti.
Kompaniyalar Abu Dhabi Global Market (ADGM) erkin iqtisodiy zonasida röyxatdan ötgan. Agentlik ta’kidlaşiça, joriy yil boşida Lisin ADGM’da törtta yuridik şaxsni röyxatdan ötkazgan edi. Kompaniyalar nima bilan şuğullanişi hozirça aniq emas, deb yozadi Bloomberg.
Agentlik boğlangan Lisin va ADGM vakillari izoh berişdan boş tortdilar.
Şu tariqa, Lisin ADGM’da kompaniyalar va ularning filiallarini oçayotgan global «moliyaviy elita»ga qöşildi, deb yozadi Bloomberg. Amirliklarda işbilarmonlarni past soliqlar, yaxşi xalqaro aloqalar va farovon turmuş tarzi jalb qiladi. Joriy yilning boşida BAA ADGM’ni 10 barobar kengaytiriş va uni dunyodagi eng yirik iqtisodiy zonalardan biriga aylantirişni rejalaştirayotganini bildirdi.













