«Bir kunlik tayyorgarlik va siz jangovar brigadadasiz». Ukrainaliklar çindan ham tayyorgarliksiz frontga jönatilmoqdami?
|16:27 / 02.06.202321 36013 min
«Agar poligondagi bir oylik tayyorgarlik örniga sizga atigi 3 kunlik maşğulot ötilsa va kuniga 15 tadan patron berilsa, bu kimningdir hayoti uçun qimmatga tuşadi. Hatto kafega kelgan stajyorga ham iş örganiş uçun bundan köproq vaqt beriladi», deydi safarbar qilinganlar bilan bir jangovar brigadada xizmat qiluvçi harbiy. Uning sözlariga köra, yangi çaqirilgan askarlarning hammasi ham haqiqiy tayyorgarlikdan ötmagan.
Ukraina qurolli kuçlarida yangi çaqirilganlar frontda yaralanib, safdan çiqqan professional harbiylar tomonidan tayyorlanadi. Foto: BBC/GETTY IMAGES
Heç qanday harbiy tajribaga ega bölmagan IT mutaxassisi Viktor (ismi özgartirilgan) aynan şunday vaziyatga tuşib qolgan. U çaqiruv qoğozini olişi bilan harbiy xizmatga otlangan.
Viktor 2023 yilning mart oyi oxirida safarbar qilingan hamda asosiy va professional harbiy tayyorgarlikdan ötiş uçun Harbiy havo kuçlarining 38-qöşma öquv markaziga yuborilgan.
«Markaz şifokori vaznim yengilligi uçun meni harbiy maşğulotlarga yaroqsiz deb topdi. Vaholanki, harbiy tibbiyot komissiyasi meni xizmatga töla yaroqli deb hisoblagandi», deydi Viktor.
Viktorga Kiyevdagi Desnyansk safarbarlikka yollaş va ijtimoiy qöllab-quvvatlaş markazining (ilgari harbiy xizmatga qabul qiliş va röyxatga oliş bölimi deb atalgan) qöriqlaş rotasida xizmat qiliş taklif qilingan.
U binolarni qöriqlaşi, çaqiruv qoğozlarini tarqatişi va halok bölgan askarlar bilan vidolaşuv marosimlarida faxriy qorovul safida turişi kerak edi.
Viktor öq otiş poligonida rotaning boşqa jangçilari bilan birga bor-yöği bir kun tayyorgarlikdan ötgan.
«Oradan uç hafta ötgaç, bizni şarqdagi 93-brigada safiga jönatişlari haqida xabar berişdi. U yerda biz yana bir bor öquv-tayyorgarlikdan ötişimizni aytişdi. Hujjatlarda meni öqçi-sanitar deb yozişdi. Manzilga yetib keldik. Bu yerda kun böyi töliq ekipirovkada yurdik. Bir neça kunlik jismoniy zöriqişlardan söng huşimni yöqota boşladim», deydi Viktor.
Uning sözlariga köra, safarbarlikka yollaş markazi qöriqçilar rotasining yana kamida sakkiz nafar a’zosi şunga öxşaş vaziyatga tuşib qolgan.
Ulardan faqat bittasi bir yillik harbiy xizmatni ötagan va oldindan harbiy tajribaga ega bölgan. Yana biri Baxmutdagi front çiziğida bölgan.
Ularning barçasi özboşimçalik bilan bölinmani tark etgan hamda qömondonlikka töliq öquv-tayyorgarlikdan ötiş va xizmatni davom ettiriş imkoniyatini berişni sörab murojaat qilgan.
Uşbu materialni tayyorlaş paytida BBC bilan gaplaşgan deyarli barça — safarbar qilinganlar ham, muntazam harbiylar ham ismi sir qolişini söragan.
2023 yil mart oyida havo-desant kuçlari bataloni komandiri podpolkovnik Anatoliy Kozel Washington Post gazetasiga bergan intervyusidan söng lavozimidan çetlaştirilgan. Kozel intervyuda, xususan, safarbar qilinganlarni tayyorlaş borasidagi mavjud muammolar haqida gapirgandi.
AK-47 avtomatidan öq uzişga tayyorgarlik dasturi 14 kun davom etişi kerak. Boşqa mutaxassisliklarga öqitiş 40 kungaça vaqt talab etadi. Foto: BBC/GETTY IMAGES
Şunday qilib, Kiyevdan kelgan qöriqlaş rotasi harbiy xizmatçilarining bir qismi 58-alohida motoöqçilar brigadasiga yuborilgan. U yerda ular uçun (bir neça hafta) töliq öquv-maşğulotlari ötkazilgan.
93-brigadadagilar safarbar qilinganlar brigadaga öquv markazlaridan yuborilişi kerakligini aytişgan. Aynan markazlar öquv-tayyorgarligi uçun javob beradi, brigada esa janglarda qatnaşadi va uning saflarini töldiriş kerak. Harbiy öquv-maşğulotlari böyiça barça sörovlar Quruqlikdagi kuçlar qömondonligiga yönaltirilişi lozim.
BBC naşri 93-brigadadagi vaziyat böyiça sörov yuborgan va Ukraina qurolli kuçlarining jamoatçilik bilan aloqalar bölimidan javob olgan.
2023 yil mart oyida «Xolodniy Yar» 93-alohida mexanizatsiyalaşgan brigadasi bölinmalari Baxmut yönalişida ruslar bilan oğir janglar olib borgan.
«Vaziyat şaxsiy tarkibni zudlik bilan töldirişni talab qildi. Tegişli tayyorgarlikdan ötmagan harbiylar darhol jangovar töqnaşuv çiziğiga yuborilmaydi, balki ikkinçi eşelon bölinmalarida moslaşuv va qöşimça amaliy maşğulotlardan ötadi», deyiladi boşqarma javobida.
Zarbalar va vaqt yetişmovçiligi
Uruşning hozirgi bosqiçida piyoda jangçilar öquv markazlarida tayyorlanadi, ular poligonlar deb ham ataladi.
«Ukraina bunday markazlarda tayyorgarlikni taşkil etiş va uning sifatini nazorat qiliş uçun vertikal tizim qurdi», deyiladi Boş ştab javobida.
Uruşning boşida Rossiya Ukraina poligonlarini yöq qilişga harakat qildi.
2022 yil 13 mart kuni Lviv oblastining Yavorov rayoniga raketa hujumi amalga oşirildi. Mahalliy politsiya bölimi ma’lumotlariga köra, zarba oqibatida 35 kişi halok bölgan, 134 kişi jarohatlangan.
2022 yil 17 mayda rus qöşinlari Çernihiv oblastining Desna şahridagi 169-öquv markazining kazarmasini öqqa tutdi. Prezident Zelenskiyning bayonotiga köra, u yerda 87 kişi halok bölgan.
Ukraina bir neça oy içidayoq qurolli kuçlar öquv markazlarida sobiq tinç aholi vakillarini ommaviy tayyorlaşni yölga qöyişiga töğri keldi.
Safarbar qilinganlarni tayyorlaş çoğida har daqiqa oltinga teng hisoblanadi. Foto: BBC/GETTY IMAGES
Bu hatto tinçlik davrida ham qiyin vazifa, uruş paytida esa vaqt juda kam böladi.
Buyuk Britaniyada yangi piyoda askarlarni qabul qiliş uçun asosiy tayyorgarlik maşqlari 12 hafta davom etadi. Quruqlikdagi qöşinlarda harbiy mutaxassislikni özlaştiriş uçun esa olti oy vaqt belgilanadi.
Ukraina harbiy harakatlar davomida öqituvçilarni tayyorlaşga majbur böldi. Qöllanmalar rus tilidan ukrain tiliga tarjima qilindi.
Şu bilan birga, hukumat jangovar tajribaga ega instruktorlarni jalb qilgan holda, maşğulotlarni taşkil etişda yordam sörab xalqaro hamkorlarga murojaat qildi.
Uruş davrida birgina Buyuk Britaniyada 10 mingdan ortiq ukrainalik askar harbiy tayyorgarlikdan ötdi.
AQŞ, Germaniya, Çexiya, Polşa va boşqa davlatlar ham ukrainaliklar uçun maşğulotlar ötkazmoqda. Ukrainaliklar bu yerlarda köpinça Ğarb qurollarini işlatişni özlaştiradi.
Minglab safarbar qilinganlar uçun bunday darajadagi tayyorgarlikni taşkil qiliş ança qiyin iş.
«Har bir kun oltinga teng»
«Uruş boşlanganda nima bölayotganini yaxşi tuşungan, ğayratli va tayyorgarlikdan ötgan köngillilar frontga jönadi. 2022 yilning bahoridan to kuzigaça esa ğayratli, ammo tayyorgarlikdan ötmaganlar ketdi. Va keyin ğayratsiz va tayyorgarlikka ega bölmaganlar vaqti keldi. Va aynan şu bosqiçda öquv markazlari öz faoliyatini kuçaytira boşladi. Ular bilan özaro aloqalar bor, tayyorgarlik sifati yaxşilanmoqda. Şuni tuşuniş muhimki, safarbarlik doirasidagi ehtiyojlar front tomonidan belgilanadi», — degan brigadalardan birining katta serjanti.
Serjant avvalgi işlagan bölinmasida safarbar qilinganlarning qöşimça amaliy maşğulotlariga mas’ul bölgan. Şuningdek, u Ukraina qurolli kuçlari poligonlaridagi öquv maşğulotlarini nazorat qilişda iştirok etgan.
Uning brigadasida yarador askarlar instruktorlik işiga jalb qilingan: ular davolanişni öqitiş bilan almaştirişlari mumkin edi.
Şuningdek, AQŞ, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Kanadadan xorijiy mutaxassislar taklif etilgan.
Aynan şunday ustozlarni, ya’ni barça narsani öz tajribasi orqali biluvçi instruktorlarni safarbar qilinganlar hamma narsadan köproq qadrlaydi.
«Bizning qismimizda har bir safarbar qilingan askar, dastlabki tayyorgarlikdan qat’i nazar, yana kamida 10 kunlik asosiy harbiy tayyorgarlikdan ötadi. Keçqurun darsdan keyin suhbatlar ötkazamiz, ularning harakatlarini tahlil qilamiz. Instruktorlar baho beradi. Bizga jangçilar kerak. Biz birinçi otişmadan keyin askar qoçib qolişi yoki halok bölişidan manfaatdor emasmiz», deydi harbiy.
U harbiy tayyorgarlik uçun ajratilgan vaqtni hududni tozalaş yoki devorlarni böyaş uçun sarflamaslik kerak, deb hisoblaydi.
«Bunday iş qiladigan komandirlar javobgarlikka tortilişi kerak. 2014 yildan beri xizmat qilayotgan barça ofitserlar bu qabul qilib bölmas holat ekanligini bilişadi. Safarbar qilinganlarni tayyorlaş uçun ajratilgan kunlar — oltinga teng kunlardir, ulardan maksimal unumli foydalaniş kerak», deydi serjant.
Taktik tibbiyot asoslari, tajribali instruktorlar, sifatli qurollar va ulardan otişni örganiş uçun ajratilgan vaqt - safarbar qilinganlarni nisbatan yaxşi tayyorlaş uçun talab etiladigan asosiy şartlardir. Foto: BBC/GETTY IMAGES
Safarbar qilinganlarning özi quyidagilarni aytib beradi.
«Umumharbiy tayyorgarligimiz sifatli, eng yuqori darajada. Bizni darsdan çiqarişmadi. Lekin kasbiy tayyorgarlik paytida bizni hudud tozalaş, blindaj va xandaq qaziş, devorlarni böyaş uçun jönatişdi. Bizga kasbiy tayyorgarlikni 2000-yillar boşida armiyani tark etgan instruktor örgatdi. U bizga tayyorgarlik aslida qanday bölişi kerakligini eslay olmasligini tez-tez aytardi. U qöllanmalarni öqişni maslahat berdi», deydi 2022 yil yozida Ukraina harbiy-havo kuçlarining 38-öquv markazida tayyorgarlikdan ötgan Anton (ism özgartirilgan).
Harbiy havo kuçlari naşr söroviga javoban, safarbar qilinganlar ularning kunduzgi naryadlari vaqtida tartibni saqlaş işlariga jalb qilinişi va bu Ukraina qurolli kuçlarining içki nizomiga zid emasligini aytgan.
«Avtobat» quruqlik qöşinlarining 169-markazida tayyorgarlikdan ötgan yana bir safarbar qilingan askar BBC naşri bilan suhbatlaşgan.
«Vaqtimizning katta qismini maşğulotlar uçun emas, işlaş uçun sarflardik: ötin kesiş, blindajlardan suvni çiqariş, rota komandiriga ovqat pişiriş kabi. Ilgari olingan köplab bilimlar haqiqiy jangovar şaroitlarda kerak bölmaydi. Men çet elda taktik tibbiyot böyiça öqidim, keyin işonçli bölinmaga tuşib qoldim, bu yordam berdi», deydi Vlad (ism özgartirilgan).
Asosiy tayyorgarlik 30 kun davom etişi kerak. Harbiy mutaxassislikni özlaştiriş uçun esa yana 14-40 kun kerak böladi.
Uruş paytida dengiz piyodalarida asosiy tayyorgarlikdan ötiş va harbiy mutaxassislik böyiça öqiş uçun 14 kundan ajratiladi. Ya’ni, umuman olganda, harbiy kamida bir oy xizmatga tayyorlanişi kerak.
Bu vaqt içida u özi bilan frontga olib ketadigan qurolidan otişni örganişi ham kerak.
«Qurolni bergan odam öq otiş uçun ham javobgar. Agar kunduzi vaqt bölmasa, biz poligonga tunda borardik va askarlar öq otişi uçun çiroqlarni yoqar edik», deydi öz bölinmasidagi safarbar qilinganlar tayyorgarligi uçun javobgar bölgan katta serjant.
Şuningdek, barça safarbar qilinganlar, qöşinlar turidan qat’i nazar, taktik tibbiyot könikmalariga ega bölişi kerak.
«Yigitlar dam olayotgan paytda biz xandaqda taktik tibbiyot böyiça maşğulotlar ötkazdik. Ularga yanada sifatli bölgan dori-darmonlar qutisini körsatdik. Agar vaziyat özgarsa, biz darsni töxtatib, jang qildik», — deydi katta serjant.
Yaradorlarni front çiziğidan evakuatsiya qiliş bilan şuğullanuvçi yana bir jangçi ham öz tajribasi bilan örtoqlaşgan: «Köngillilar kömagi orqali birinçi tibbiy yordam qutilari bilan ta’minlangan askarlar, qutilar içidagi narsalarni qanday işlatişni bilmaydi. Va ularni ma’nosiz tumorlar kabi taqib yuradi».
NATO va Ukraina tajribasi
«Bugungi kunda NATO davlatlari mudofaa sohasida Ukrainaning jangovar tajribasini inobatga olgan holda öz qarorlarini qabul qilmoqda», deydi Ukraina hukumatidagi manba.
Ukraina bu tajribani xato va sinovlar orqali orttirdi. Uşbu tajriba — ukrainalik yangi safarbar qilinganlarni tayyorlaş uçun asosdir.
Harbiylar Ukraina qurolli kuçlari tomonidan töplangan tajribani Şimoliy Atlantika alyansi tajribasi va standartlari bilan bir qatorda öquv dasturlariga kiritiş vaqti kelganiga işonç bildirmoqda.
Köp narsa, şuningdek, ma’lum bölinmalardagi maşğulotlar uçun mas’ul bölgan front ortidagi komandirlarning harakatlariga boğliq böladi.