Özbekistonda ijtimoiy davlatçilik tafakkuri tarixan kuçli bölgan. Ayniqsa, jamiyat içida, xalq orasida insonlarning özaro bir-birini qöllab-quvvatlaş tafakkuri har doim oliy qadriyat bölgan. Mehr-şafqat, saxovat, zakot, sadaqa, ehson, haşar, savob kabi tuşunçalar, qadriyatlar va institutlar ajdodlarimizning ongida doimo markaziy örin egallagan.
Qolaversa, biz sobiq SSSR davrida yanada kuçli «ijtimoiy davlat» davrini yaşadik. Sobiq ittifoq davrida hukumat insonlar örtasidagi ijtimoiy tafovutni qisqartiriş uçun totalitar mafkura va repressiv maşinani yölga qöygan edi. Natijada bu tizimning özi hayotiy emasligi ma’lum böldi va quladi. Çunki xususiy sektor yöq qilindi. Xususiy sektor bilan birgalikda insonlarni harakatga keltiruvçi kuç, energiya – şaxsiy manfaatdorlik, taşabbuskorlik kabi stimullar yöqolgan edi.
Özbekiston mustaqillikni qölga kiritgaç, huquqiy-demokratik davlatçilik yölini tanladi. Iqtisod bozor tamoyillari asosida, ötgan 31 yil içida murakkab davrni boşdan ötkazib, bugun ança ravon özanga tuşib oldi. Bugun Özbekiston içida xususiy sektor, işlab çiqaruvçi kuçlar jöşqin rivojlanib bormoqda.
Lekin kapitalizmning ma’lum nuqsonlari ham böladi. Jumladan, ijtimoiy himoyaga yetarli e’tibor berilmasa, jamiyatda ijtimoiy tafovutlar şakllanib, qalinlaşib, qutblaşib boradi. Natijada, ön yilliklar ötib, jamiyatda öta boylar va öta kambağallar sinfi qutblaşib ketadi. Bunday davlatlarda umummilliy farovonlik, ijtimoiy hamjihatlik, demokratiya va huquqiy davlatçilik qaltis böladi.
Dunyodagi eng farovon davlatlar – huquqiy, demokratik va ijtimoiy davlatlar hisoblanadi. Agar AQŞ va Germaniyani qiyosiy tahlil qilsak, AQŞda ijtimoiy himoya Germaniyaga qaraganda ança past. Ğarbiy Yevropa davlatlarida erkinlikni imkon qadar tenglik bilan payvandlaşga harakat qilişadi. Bu nima degani?
Misol uçun, sobiq SSSR, Şimoliy Koreya yoki Xitoy kabi davlatlar uçun eng muhim qadriyat – tenglik edi. Bu tenglikka erişiş uçun uşbu davlatlar töliq erkinlikdan voz keçdi. Natijada, tenglikni kuç bilan, repressiya bilan asoslaşdan boşqa yöl qolmagandi. Germaniya, Fransiya, Skandinaviya davlatlari va boşqalarda erkinliklar maksimum ta’minlanadi.
Natijada, insonlar örtasida ijtimoiy tafovut, farq börtib körinadi. Davlat esa yiğilgan soliqlar va boşqa vositalar orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamga qöşimça şaroitlar, imkoniyatlar yaratadi. Oddiy qilib aytganda, liberal-huquqiy davlatlarda ijtimoiy tenglik uçun boylarga qarşi uruş oçilmaydi, aksinça, kambağallar va yordamga muhtojlar uçun qöşimça dasturlar va loyihalar amalga oşiriladi.
Faraz qiling, bir oila juda kambağal. Bu oila farzandlarini yaxşi öqitiş, yaxşi ovqatlantiriş uçun yetarli imkoniyatlarga ega emas. Agar davlat mana şunday boquvçisini yöqotgan yoki köp farzandli oilalarga yordam bermasa, yillar ötib, jamiyatda katta miqdordagi kambağallar sinfi şakllanadi.














