5-6 iyun kunlari Qatar amiri şayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Samarqandda böldi. Bu – Qatar amirining Özbekistonga birinçi taşrifi edi. Ötgan 31 yil davomida, Qatar amirlari Özbekistonga biron marta ham kelmagandi. Özbekistonning birinçi prezidenti I.Karimov 2010 yil noyabrida bir marta davlat taşrifi bilan Qatarda bölgandi. Ammo, javob taşrifi mana endi amalga oşirildi.
Qatar, geografik va aholi soniga köra “kiçik” davlat bölgani bilan, xalqaro maydonda, ayniqsa, global geosiyosatda salohiyatli, ta’siri nomutanosib ravişda katta davlatlardan biri hisoblanadi.
Xöş, nega şu paytga qadar Qatar Özbekiston bilan aloqalarni yuqori darajaga kötarib, mamlakat rahbari davlat taşrifi bilan yurtimizga kelmagan edi? Sabablari köp. Nafaqat iqtisodiy, balki, eng avvalo, geomafkuraviy degan fikrdaman.
Taşqi siyosat – içki siyosatning davomi hisoblanadi. Özbekiston, 2016 yilga qadar taşqi dunyoda “diniy ekstremizm”, “din bilan boğliq terrorizm” kabi atamalarni nihoyatda köp işlatadigan, real amaliyotda ham diniy qadriyatlarda tahdid köradigan va din bilan kuraşayotgan davlat sifatida qabul qilinar edi.
Qatar kabi davlatlar, Özbekistonning bu reputatsiyasini inobatga olmasligi mumkin emasdi. Şuning uçun ham, garçi, Özbekiston – islom sivilizatsiyasining öçoqlaridan biri bölsa-da, dinni tahdid sifatida talqin qilayotgan, erkin bölmagan, huquqiy bölmagan davlat sifatida, çeklangan munosabatlarni taqozo qiluvçi davlat sifatida baholandi.
Qatar amirini Samarqandda kutib ola turib, prezident Mirziyoyev “Imom Al-Buxoriy yurtiga xuş kelibsiz!” deya uni qutladi. Özbekiston uçun, tarixiy meros – juda katta geosiyosiy kapital hisoblanadi.
Özbekiston – dunyoviy davlat. Dunyoviylikning asosiy tamoyillari – din va vijdon masalalarida, jabr-zulmlardan xoli böliş va ziddiyatlar bölganda, hokimiyatning neytral bölişi hisoblanadi. Lekin ayni paytda, diniy qadriyatlar – mutlaq köpçilikning dunyoqaraşini belgilovçi omildir. Qatar amiri Özbekistonga kelişining sabablaridan biri – bugungi Özbekistonning umuminson va islomiy qadriyatlarga hurmati borligiga işonçining mustahkamligini körsatadi.
Özbekiston uçun ijobiy reputatsiya – juda qimmatli resurs. Reputatsiya – kiçik ğiştçalardan, voqea-xodisalardan qurib boriladi. Özbekiston xalqaro maydonda özi istagan tomonlar bilan erkin, tengma-teng, manfaatli munosabatlar qura olişi uçun, içki siyosatda huquqiy davlatçilik intilişini yanada kuçaytiriş kerak.
Özbekiston siyosiy tizimi içida, ikkita katta qadriyat özaro kuraşyapti. Bu qadriyatlar har bir mulozim va siyosatçining ongida ham kuraşmoqda. Bir tomondan, huquqiy davlatçilik, erkinlik, ratsionallik bölsa, ikkinçi tomondan – xavfsizlik va barqarorlik. 2016 yilga qadar, xavfsizlik va barqarorlik – mutlaq monopolist qadriyatlar böldi, ratsionalizmni ham, huquqiy davlatçilikni ham asirga oldi, tutqinda uşlab turdi. 2016 yildan keyin, ratsionalizm va huquqiy davlatçilikka intiliş ança jöşqin ösişdi. Lekin, bugunga kelib, koridorlarda yana xavfsizlik va barqarorlik qadriyatlari serqatnov bölib boşladi.














