Navoiy innovatsiyalar universitetida:
- iqtisodiyot;
- IT;
- filologiya va tillarni öqitiş (özbek, rus, ingliz tili);
- konçilik işi;
- ijtimoiy jarayonlar va şu kabi bir neçta sohalarda sifatli ta’lim oliş mumkin.

Oliygohda abituriyentlar uçun barça şaroitlar yaratilgan. Özbekiston va dunyoning istalgan nuqtasidan turib onlayn tarzda röyxatdan ötişi, şartnomani yuklab olişi yoki imtihon topşirişi mumkin. Call-center orqali abituriyentlarni qiziqtirgan barça savollarga javob beradi. Hujjat topşiriş va savollarga javob oliş jarayoni 24/7 rejimda joriy etilgan.

Sabrina Mahmudova faoliyat boşlaganiga hali köp bölmagan universitet talabasi sifatida mazkur ta’lim muassasasida öqiyotganligidan faxrlanişini aytadi:
— Bu yerga topşirişimdan oldin şaroitlarni, dars beriş jarayonlarini körib çiqib, keyin topşirganman. Bir yildan beri öqiyotgan bölsam, öz tanlovim bilan faxrlanaman deb aytolaman. Kutubxona şundoq institut yonida, qizlar uçun yotoqxona ham mavjud.

Universitetda sifatli ta’lim, yoşlarga individual yondaşuv, xorij tajribasi asosida amaliyot taqdim etiladi. NIU rektori Nuriymon Abdulhasanning sözlariga köra, universitetda 2+2 dasturi asosida Germaniya bilan hamkorlik örnatilgan:
— Navoiy innovatsiyalar universiteti yoşlarga öziga bölgan işonçni taqdim etadi. Çet el talabalaridan kam bölmagan holda kuçli iqtidor egasi ekanliklarini özida kaşf etişadi. Bundan taşqari, ikkinçi kursdan boşlab xorijga öquv dasturlari böyiça yuborib, u yerda öz tengdoşlari bilan tajriba almaşişlarini rejalaştirib qöyganmiz. Germaniya bilan hamkorlikda katta loyiha amalga oşirmoqdamiz. Loyihaning asosiy maqsadi talabalarimiz ikkinçi kursdan Germaniyada öqişni davom ettiradi, ularda işlaş imkoniyati ham böladi. Turkiya va Janubiy Koreya bilan hamkorligimiz bor. Kelgusida bu yönalişlarda katta imkoniyatlar oçilyapti bizga.














