Yiğiliş iştirokçilari agentlikning 2022 yil uçun yillik hisobotini, texnik hamkorlik sohasida AEXA faoliyatini kuçaytiriş va taşkilot faoliyatining boşqa muhim masalalarini muhokama qildilar.
«Texnik hamkorlik» böyiça yiğiliş kun tartibidagi masalasi böyiça Özbekistonning Vena şahridagi xalqaro taşkilotlardagi doimiy vakili, elçi Abat Fayzullayev sözga çiqdi. U öz ma’ruzasida iştirokçilarni Özbekiston va AEXA örtasida 2022-2027 yillarga möljallangan hamkorlik dasturi doirasidagi hamkorlik haqida ma’lumot berdi.
Özbekistonda texnik kooperatsiya loyihalarining uşbu siklida respublikaning yadro infratuzilmasini rivojlantiriş sohasidagi milliy salohiyatni oşiriş, yadro fanidan tinç yöl bilan foydalaniş sohasidagi normativ-huquqiy bazani mustahkamlaş, ixtisoslaştirilgan laboratoriyalar salohiyatini oşiriş, şuningdek, yadro tibbiyoti sohasiga kömaklaşişga qaratilgan loyihalar amalga oşirilayotgani qayd etildi.
Aniq natijalardan milliy saratonga qarşi kuraş dasturini (imPACT missiyasi) körib çiqiş böyiça ekspert missiyasi muvaffaqiyatli ötkazilişi, Özbekiston Milliy metrologiya institutining dozimetrik laboratoriyasini takomillaştiriş uçun noyob uskunalar işga tuşirilişi, ilmiy-tadqiqot yadro reaktorining xavfsiz işlaşi uçun uskunalar Özbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutiga yetkazib berilişi qayd etildi. Loyihaning iş rejasi doirasida «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ bilan milliy nazorat tizimini rivojlantiriş böyiça işlar amalga oşirilmoqda.
Yadro bilimlarni mustahkamlaş va saqlaşda muvaffaqiyatli hamkorlikning yorqin namunasi sifatida Özbekiston Milliy va Samarqand universitetlari öquv laboratoriyalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş böyiça qöşma işlar qayd etildi.








