Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti Nurafşon şahrida 127 ta töplamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmalarini elektr tarmoğiga özboşimçalik bilan ulab, davlatga 1,5 mlrd söm zarar yetkazgan şaxslar uşlangani haqida xabar bergandi.
Rasmiy xabarda mayning qurilmalari Nurafşon şahri “Oybek” MFYdagi fuqaro A.U.ga tegişli noturar binoga örnatilgani, xorijiy davlat fuqarosi Y.S. va fuqaro B.R. elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani ta’kidlanadi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (Öğrilik) va 185-2-moddasi (Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalaniş qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Ammo negadir tergov organi tomonidan Nurafşonda firma oçgan Janubiy Koreya fuqarosi va unga noturar joyini ijaraga bergan şaxs qolib, ularga tilmoçlik qilgan tarjimon ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan.
Xorijlik tadbirkorga tarjimonlik qilgan Botirjon Rahimovning rafiqasi Guliniso Solijonova Kun.uz’ga murojaat qilib, eriga nisbatan qöllangan ehtiyot çorasi asossiz ekani, tergov davomida protsessual normalar qöpol ravişda buzib kelinayotgani, bu borada yuqori instansiyalarga qilgan murojaatlaridan foyda bölmayotganini bildirdi.

Foto: Stat.uz
Ayol umr yöldoşi 2021 yilning 16 martidan buyon “EMKOREA” MÇJ QKda tarjimon sifatida işlab kelayotgani, korxona uy-joy oldi-sotdi va ijarasi böyiça reeltorlik faoliyati bilan şuğullanib kelganini aytmoqda. Korxona ta’sisçisi va rahbari Yang Sing Min, jamiyat iş boşqaruvçisi esa Ço Hyun Tay bölib, har ikki şaxs Koreya Respublikasi fuqarolari hisoblanadi. Botirjon Rahimov uşbu ikki şaxsga tarjimonlik xizmatini körsatib kelgan.

Foto: Kun.uz
Korxona Nurafşon şahar Oybek mahallasida joylaşgan Akmal Usmonovga tegişli noturar binoda taşkil etilgan. Korxona parranda tuxumini dudlab pişiriş, söngra ularni qadoqlab sotuvga çiqariş faoliyati bilan şuğullanişi kerak bölgan.











