Nurafşon şahrida mayning kripto-aktivlari qurilmalarini örnatgan şaxslar aniqlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.

Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Nurafşon şahar bölimi tomonidan Toşkent viloyati DXX boşqarmasi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan.

Unda, fuqaro A.U.ga tegişli “Oybek” MFYdagi noturar bino közdan keçirilganida, xorijiy davlat fuqarosi Y.S. va fuqaro B.R. uşbu binoda 127 ta töplamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmalarini umumiy foydalanişdagi elektr tarmoğiga özboşimçalik bilan ulab, elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,5 mlrd söm zarar yetkazganliklari aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğrilik) va 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalaniş qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.