Foizsiz iqtisodiyot modelining global iqtisodiy jarayonlarda faolligi ortib bormoqda. Qarzga asoslangan an’anaviy iqtisodiyot moddiy aktivlar bilan yoki ularni yaratiş amaliyotlari bilan töliq ta’minlanmagani bois, iqtisodiyotda haddan taşqari pul massasining köpayişi, inflatsiyaning ortişi hamda işsizlik darajasi kötarilişiga sabab bölmoqda. Bular esa global iqtisodiy inqirozga olib keluvçi asosiy omillardan.

Xalqaro valuta fondining örganişlariga köra, 2008 yildagi global iqtisodiy inqiroz natijasida eng kam talofat körgan va çidamli moliyaviy tizim bu islomiy banklar bölgan. Şu bois, sönggi yillarda köplab mamlakatlarda islom moliyasi bozori rivojlantirilmoqda.

Islom moliyasining asosiy jihati – har bir moliyalaştiriş amaliyotining aktivlar bilan ta’minlanganidir. Bu yerda mablağlar işlab çiqariş yoki xizmat körsatiş kabi faoliyatlarga töğridan töğri yönaltiriladi. Islom moliyasi ortiqça, böş pul massasining paydo bölişida iştirok etmaydi hamda foizga asoslangan qarz munosabatlarini amalga oşirmaydi.

Islom moliyasining rivojlaniş körsatkiçi (IFDI) ma’lumotlariga köra, 2021 yilda islom moliya sanoatining jami aktivlari hajmi qariyb 4,0 trillion AQŞ dollariga yetgan va 2020 yilga nisbatan 17 foizga ösgan. Hisobotga köra, bu körsatkiç 2026 yilga borib 6 trillion dollargaça kötarilişi kutilmoqda. 2021 yil holatiga, 76 davlatda 566 ta islomiy bank, 50 ga yaqin davlatda 335 ta takaful (islomiy suğurta) islomiy moliya institutlari faoliyat yuritmoqda.

Islom moliyasiga bölgan talabning oşişi sabab geografik joylaşuvi qulay bölgan şaharlar özlarini islom moliyasi habi ölaroq tanitişga harakat qilişmoqda. Bu borada Dubay, London, Kuala-Lumpur va Manama peşqadam.

Dubay, Birlaşgan Arab Amirliklari

Dubay – global islom moliya sanoatidagi eng muhim markazlardan biri. Amirlikning Afrika, Yevropa va Osiyoni boğlovçi strategik joylaşuvi, kuçli islomiy moliya tizimi va innovatsiyalar böyiça obrösi unga musulmon va musulmon bölmagan mamlakatlardan investorlar va moliyaviy institutlarni jalb qiliş imkonini bermoqda.

BAA Markaziy banki ma’lumotlariga köra, mamlakatda 6 ta töliq islom banki, 2 ta xorijiy islom banki va islomiy bank xizmatlari darçalariga ega 15 ta an’anaviy bank mavjud. Mamlakatning islomiy moliya bozorini standartlaştiriş maqsadida 2018 yilda Markaziy bank Oliy şariat boşqaruvini (HSA) taşkil etdi. HSA islom moliyasi mahsulotlari va xizmatlari bilan boğliq fatvolar (diniy hukmlar) çiqariş, şuningdek, şariatga mos keladigan yangi moliyaviy mahsulotlarni körib çiqiş va tasdiqlaş uçun javobgardir.