Şveytsariyaning eng yirik UBS banki öz raqibi Credit Suisse bankini sotib olişni tugatganidan söng, öz xodimlariga qattiq çeklovlar, jumladan, xavf darajasi yuqori bölgan mamlakatlardan yangi mijozlarni jalb qilişni taqiqladi. Bu haqda Financial Times xabar berdi.
Pul yuviş, poraxörlik va korrupsiya xavfini çeklaş maqsadida xodimlarga xavf darajasi yuqori bölgan qator mamlakatlardan yangi mijozlarni jalb qiliş taqiqlangan. Bunday davlatlar qatoriga Özbekiston ham kiritilgan. Röyxatda Qirğiziston, Afğoniston, Albaniya, Belarus, Burkina-Faso, Kongo Demokratik Respublikasi, Salvador, Eritreya, Efiopiya, Gvineya, Gaiti, Iroq, Kosovo, Liviya, Moldova, Myanma, Nikaragua, Falastin, Rossiya, Janubiy Sudan, Şri-Lanka, Sudan, Tojikiston, Turkmaniston, Venesuela, Yaman va Zimbabve ham bor.
Şuningdek, ehtimoliy pul yuviş holatlariga qarşi kuraşiş maqsadida Ukraina siyosatçilari va davlat kompaniyalariga ham xizmat körsatiş taqiqlangan.
UBS va Credit Suisse 2023 yil 19 martda birlaşganini e’lon qildi. Bunda Credit Suisse 3,2 milliard dollarga baholandi, bu bank bozor kapitallaşuvi qiymatining yarmiga teng. Bunga Credit Suisse bankining köplab moliyaviy muammolari sabab bölgan.












