Taşqi işlar vazirligi huzuridagi «Dunyo» axborot agentligi 28 iyun kuni Talgo kompaniyasining 4 ta tezyurar elektropoyezdi Ispaniyadan Özbekistonga yetkazib berilişi haqida xabar berdi. Xabarda Özbekistonning Ispaniyadagi favqulodda va muxtor elçisi Jahongir Ğaniyev Patentes Talgo kompaniyasi prezidenti Karlos Palasi Oriol bilan uçraşuvda Özbekiston tomonida Talgo-250 poyezdlarini xarid qilişni taşkil etiş imkoniyatlarini muhokama qilgani haqida söz boradi.
Davlat axborot agentligining uşbu xabarini boşqa OAV, jumladan, Kun.uz ham tarqatdi. Biroq “Özbekiston temiryöllari” AJ matbuot xizmatiga köra, rasmiy manbada e’lon qilingan xabar notöğri talqin etilgan.
Raddiyada kompaniya tomonidan yaqin yillar içida yuqori tezlikda harakatlanuvçi tezyurar poyezdlar sonini yana 4 taga köpaytiriş rejalaştirilgani, lekin bunday elektropoyezdlarni faqatgina Talgo kompaniyasidan emas, balki dunyodagi közga köringan kompaniyalardan xarid qiliş közda tutilgani ta’kidlanadi.
“Bugungi kunda “Özbekiston temiryöllari” aksiyadorlik jamiyatining mutasaddi mutaxassislar tomonidan mazkur yönalişdagi dunyoning yetakçi kompaniyalarining takliflari örganilmoqda. Bunda mamlakatimizning öziga xos qiş va yoz mavsumidagi iqlim şaroitlari inobatga olinmoqda, yölovçilarni taşiş şaroit va qulayliklari, yölovçilar siğimi va boşqa jihatlar örganilmoqda”, deyiladi xabarda.
“Özbekiston temiryöllari” AJ 34 ta zamonaviy elektropoyezdlar sotib oliş böyiça xalqaro tender e’lon qilgan. Qayd etilişiça, zamonaviy elektropoyezdlarni xarid qiliş böyiça hozir Stadler, Skoda, Talgo, Hyundai, CAF, Siemens, Alstom, Hitachi, Pesa, CRRC-Dalian kabi dunyoning eng ilğor kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, Özbekiston elçixonasi kömagida «Özbekiston temiryöllari» AJ delegatsiyasining Ispaniya Sanoat, savdo va turizm vazirligida ötgan yilning iyulida taşkil etilgan uçraşuvda ham uşbu masala muhokama qilingan, sotib olinişi rejalaştirilgan yangi poyezdlar «Buxoro-Urganç-Xiva» yönalişida foydalanişi oçiqlangandi.
Şu kungaça «Özbekiston temiryöllari» tomonidan Talgo-250 rusumidagi 6 ta tezyurar elektropoyezd xarid qilingan. Oxirgi partiya 2021 yilda olib kelingan.
Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyatida ötkazilgan yiğilişda Bekobod, Olmaliq, Çirçiq, Angren, Yangiyöl va Ohangaron şaharlariga zamonaviy elektropoyezd qatnovini yölga qöyiş rejalaştirilayotganini aytgandi.












