Tender elektropoyezdlarga texnik xizmat körsatiş uçun zarur bölgan asbob-uskunalarni yetkazib beriş, kadrlar tayyorlaşni ham nazarda tutadi.

34 ta zamonaviy elektropoyezd xarid qilinişi natijasida 8 ta yangi yönalişda temiryöl qatnovlari taşkil etilişi közda tutilgan. Bular: Toşkent – Jizzax – Toşkent, Toşkent – Keles – Toşkent, Navoiy – Buxoro – Navoiy, Samarqand – Jizzax – Samarqand, Samarqand – Şahrisabz – Samarqand, Samarqand – Qarşi – Samarqand, Andijon – Xonobod – Andijon, Nukus – Xiva – Nukus.

Yangi yönalişlarda temiryöl qatnovi yölga qöyilişi natijasida bir yilda 5 million 925 ming 500 nafar yölovçiga xizmat körsatiladi.

Toşkent – Hojikent – Toşkent, Toşkent – Angren – Toşkent, Namangan – Andijon – Namangan, Qöqon – Andijon – Qöqon, Toşkent – Guliston – Toşkent, Toşkent – Bekobod – Toşkent, Termiz – Sariosiyo – Termiz, Qarşi – Buxoro – Qarşi, Buxoro – Xiva – Buxoro, Samarqand – Buxoro – Samarqand kabi 10 ta mavjud yönalişlarda qöşimça poyezdlar qatnovi yölga qöyiladi.

Yangi yönalişlarda poyezdlar harakati yölga qöyilişi va mavjud yönalişlarda qöşimça qatnovlar taşkil etilişi orqali bir yilda jami 22 million 473 ming 500 nafar yölovçiga xizmat körsatişga erişiladi.