Davlat rahbari bor imkoniyatlardan samarali foydalansa, viloyatda sanoatni mutlaqo yangi bosqiçga olib çiqiş mumkinligini qayd etdi.
Mutasaddilarga sanoat zonalarini infratuzilma bilan ta’minlaşga 250 milliard söm ajratiş, Angrenda kaolin xomaşyosini çuqur qayta işlab, farfor va keramika mahsulotlari işlab çiqariş klasterini taşkil etiş, Bekobod tumanida çegaraoldi savdo zonasini işga tuşiriş, viloyatdagi 100 ta mahalliy korxonani eksportçiga aylantiriş dasturini amalga oşiriş böyiça topşiriqlar berildi.
Aytilgan muammo va takliflardan kelib çiqib, davlat rahbari 840 ta mahallada içki yöllar, 579 tasida içimlik va oqova suv, 589 tasida elektr va gaz ta’minoti, 396 tasida maktab, boğça va poliklinika ta’mirlaş böyiça ikki haftada dastur qabul qilib, bu boradagi işlarni jadal boşlaş vazifasini qöydi.
Jumladan, taşabbusli budjet doirasida eng köp ovoz olgan loyihalar uçun 150 milliard söm ajratiş, Osiyo taraqqiyot bankining Toşkent viloyatida içimlik va oqova suv loyihasi 185 million dollarlik 3-bosqiçini boşlaş, içki yöllarni ta’mirlaşga davlat budjetidan 155 milliard söm, qöşimça mahalliy budjetdan 70 milliard söm ajratiş topşirildi.
Prezident Bekobod, Olmaliq, Çirçiq, Angren, Yangiyöl va Ohangaron şaharlariga zamonaviy elektropoyezd qatnovini yölga qöyiş vaqti kelganini ta’kidlab, transport vaziriga tegişli qaror loyihasini kiritişga körsatma berdi.











