Özbekiston elçixonasi kömagida «Özbekiston temir yöllari» AJ delegatsiyasining Ispaniya Sanoat, savdo va turizm vazirligida uçraşuvi taşkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Uçraşuvdan maqsad FIEM korxonalarni internatsionalizatsiya qiliş jamğarmasidan 4 ta Talgo-250 tezyurar elektropoyezdini xarid qiliş uçun imtiyozli kreditlar ajratiş masalasini muhokama qilişdan iborat böldi.
Uçraşuvda Ispaniya vakillariga «Özbekiston temir yöllari» AJ faoliyati va Özbekistonda temiryöl qurilişi sohasida amalga oşirilayotgan loyihalar taqdim etildi. Şu kungaça Ispaniyaning Patentes Talgo SLU kompaniyasida işlab çiqarilgan 6 ta tezyurar elektropoyezd «Özbekiston temir yöllari» tomonidan xarid qilingani ta’kidlandi. Oxirgi partiya 2021 yilda olib kelingan. Loyihalarni moliyalaştiriş uçun Korxonalarni internatsionalizatsiya qiliş jamğarmasidan 30 yil muddatga 10 yillik imtiyozli davr bilan kredit jalb etilgan.
Ispaniya tomoniga «Buxoro-Urganç-Xiva» temiryöl liniyasini elektrlaştiriş loyihasi amalga oşirilişi haqida batafsil ma’lumot berildi. Mazkur tezyurar liniya foydalanişga topşirilgandan söng qöşimça 4 ta elektropoyezd sotib oliş nazarda tutilmoqda.
Tomonlar loyihani moliyalaştiriş uçun FIEM jamğarmasining imtiyozli krediti hisobidan Talgo-250 poyezdlarini xarid qilişni taşkil etiş imkoniyatlarini muhokama qildi.
Muzokara yakunlari böyiça tomonlar uşbu masala böyiça ekspertlar darajasida işlaşni davom ettirişga kelişib oldi.












