Samarqandda avtomobil yuviş şoxobçasi işçisi mijozning qimmatbaho maşinasini özboşimçalik bilan boşqarib, yöl transport hodisasi sodir etgani haqida xabar berilgandi. U köp miqdorda spirtli içimlik iste’mol qilgani aytilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda u ikkita maşinani zararlab, voqea joyidan qoçib ketgani aks etgan.Holat böyiça viloyat içki işlar boşqarmasi qöşimça ma’lumot berdi.

IIBga köra, 2023 yilning 24 iyun kuni fuqaro X.Z “Hyundai Santafe" maşinasini yuvdiriş maqsadida Samarqand şahridagi avtomobil yuviş şoxobçasiga boradi. U öşa yerda işlovçi tanişi B.A.ga maşina va kalitini qoldirib ketadi. B.A. yuviş uçun qoldirilgan maşinani özboşimçalik bilan boşqarib, “Epica” va “Lacetti” maşinalarini borib uradi va yöl transport hodisasi sodir etadi.

Samarqand şahri böyiça IIO FMB tergov-tezkor guruhi çiqib, voqea joyi közdan keçirilib, maşinalar jarima maydonçasiga joylaştirilgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.

Içki işlar boşqarmasining qöşimça qilişiça, “Hyundai Santafe"ni özboşimçalik boşqargan şaxs köp miqdorda spirtli içimlik iste’mol qilgan. Avtomobillarga yetkazilgan zarar böyiça ekspertiza tayinlangani ma’lum qilindi.

Ma’lumot örnida aytiş mumkin, 2023 yilning 3 iyul kuni Toşkent şahrining Mirobod tumanida ham şunga öxşaş holat kuzatilgan. Avtomobil yuviş şoxobçasida qoldirilgan «GENTRA»ni olib qoçişga uringan şoxobça işçisini töxtatiş uçun içki işlar xodimlari qurol işlatişga majbur bölgani aytilmoqda.