Suyultirilgan gaz xaridini köpaytirayotgan Yevropa: bu qimmatga tuşmaydimi?
|16:09 / 05.07.202355 97513 min
Rossiyadan gaz quvurlari orqali tabiiy gaz sotib olib kelgan Yevropa davlatlari uning evaziga asosan Amerikadan suyultirilgan tabiiy gaz xarid qilişni yölga qöygan. Bu qimmatga tuşadimi yoki arzonga? Umuman, bu ikki gazning qanday farqi bor?
Özi nima böldi?
2023 yil may oyida Yevropa öz tarixida ilk bor quvur orqali keladigan tabiiy gazdan köra, (STG — bizda propan gazi nomi bilan maşhur — tahr.) suyultirilgan tabiiy gazni köproq import qildi — 13,9 mlrd metr kub. Tabiiy gaz 13,7 mlrd metr kub import qilingan. Bu voqeadan beş yil avval «Gazprom» boşqaruvi raisi Aleksey Miller AQŞdan keltiriladigan STG heç qaçon Yevropaga quvurlar orqali yetkaziladigan Rossiya gazi bilan raqobat qilolmasligini prognoz qilgan edi.
«Meduza» naşri Rossiya gazi tomonidan töliq egallangan bozordagi örinni STG qanday olib qöygani va Yevropa bozoridagi yetakçilik neçoğlik uzoqqa borişi mumkinligini örgandi.
STG nima? U oddiy gazdan nimasi bilan farqlanadi?
Dyunkerkdagi STGni qayta gazga aylantiruvçi terminal. Foto: novostienergetiki.ru
Suyultirilgan tabiiy gaz — aslida bu hammaga taniş tabiiy gazning özi, faqat u Tselsiy böyiça minus 162 darajada suyuq holatga keltirilgan. STGda hid va rang bölmaydi, u qaynayotgan suv şaklida böldi. Suyultiriş jarayonida gazning hajmi 600 barobarga kamayadi va uni maxsus konteynerlarga joylab, kemalarga ortiş va dengiz orqali u uçun yaxşi pul tölaydigan joylarga jönatiş mumkin. Qabul qilayotgan tomon STGni gaz körinişiga qaytaradi va quvurlar orqali yakuniy iste’molçiga yetkazadi.
Gazni suyultirilgan holatga keltiriş uçun maxsus STG-zavod quriş kerak. Bunday zavodlar odatda sohil böyida, gaz konlaridan uzoqda joylaşadi. Qoida tariqasida, bunday zavodlar gazni suyuq holatga keltiradigan bir neçta modullardan iborat böladi va «texnologik liniyalar» deb ataladi. Bunday zavodlar endi-endi paydo bölgan çoğlarda, bitta liniya yiliga 2 million tonnagaça STG işlab çiqara olgan. Hozir Qatardagi har bir liniyalarning quvvati yiliga 8 million tonnagaça yetadi.
Mavzuga oid
STGni qanday va qayerga taşişadi?
Jahon böylab STG hajmlarining katta qismi dengiz orqali maxsus jihozlangan tankerlar bilan taşiladi, uni yuk maşinalari yoki vagonlar vositasida quruqlik orqali taşiş imkoni ham bor. STG taşuvçi tankerlar soni hozir dunyo böylab 500 dan oşadi (taqqoslaş uçun: neft taşuvçi tankerlar soni 12 mingdan ziyod). Bitta tanker yasaş uçun 20 oydan 36 oygaça vaqt ketadi va ularning narxi siğimiga qarab 185–250 mln dollar turadi.
STG taşuvçi tanker. Foto: shorthandstories.com
STGni kimlar sotadi va xarid qiladi?
Jahon böylab eng yirik STG yetkazib beruvçilar AQŞ va Qatar böldi — bu ikki mamlakatning har biri 80 mln tonnadan ziyod suyultirilgan gaz eksport qilgan. AQŞ eksportni faqat 2016 yilda, Luizianada Sabine-Pass terminalini qurib, ilk partiyani jönatganidan söng boşlagan. AQŞ olti yil içida STG importçisidan eksportçisiga aylangan. Rossiya va Avstraliya ham bu bozordagi yirik öyinçilar hisoblanadi: 2023 yilning birinçi yarmida STG bozorida Rossiyaning uluşi 8 foizga baholangan.
STG yetkazib beriladigan bozorlar odatga köra uzun sohil çegarasiga ega bölgan Osiyo davlatlaridir. Ular sirasiga Yaponiya, Janubiy Koreya, Tayvan, şuningdek, Hindiston, Pokiston va Bangladeş kabi davlatlar kiradi. Sönggi yillarda Xitoy ham importni östirib borayotgan edi, biroq kovid karantini tufayli gaz iste’moli pasaygaç, u 2022 yilda STG iste’moli böyiça yetakçilikni Yaponiyaga böşatib berdi.
Yaponiya portlariga yetkazilgan STG. Foto: nikkei.com
STG bozori şiddat bilan ösib bormoqda: sönggi 50 yil içida ösiş yiliga örtaça 11 foizni taşkil etmoqda: 1971 yildagi 2,6 mln tonna 2022 yil yakunlariga köra 397 mln tonnaga yetgan.
Dengiz orqali taşiş quvur orqali yetkazişdan qimmatga tuşadimi?
Bu savolga uzil-kesil javob beriş muşkul — barçasi yetkazib beriş böyiça muayyan şartnoma şartlariga boğliq.
Avvalboşda STG quvur orqali yetkaziladigan gazga raqobat qila olmagan, uning muqobili hisoblangan va faqat quvur ötmagan bozorlar tomonidan import qilingan. Biroq işlab çiqariş va savdo hajmlari ortişi STG xaridorlari uçun şartlarni ança egiluvçan qilib qöydi, uni yetkazib beriş tezligi esa infratuzilma rivojlanişi bilan oşa boşladi. Natijada, bugungi kunga kelib STGning yetarli hajmlari quvur orqali yetkaziladigan gaz kabi tezkor bozorlarda teng şaroitlarda raqobat qilmoqda, hattoki quvur tizimi rivojlangan hududlarda ham.
Bugun quvur orqali yetkaziladigan gaz kabi STGni ham ikki yöl bilan xarid qiliş mumkin:
Uzoq muddatli şartnoma imzolaş orqali: bunda narx bir neça omillar, masalan, neft narxi yoki gaz hablaridagi kotirovkalarga boğliq ravişda hisoblab çiqiladi. STG va quvur orqali yetkaziladigan gazning raqobati bu segmentda juda qat’iy, çunki quvur orqali yetkazuvçilar şunçaki gazi yaqin bölgani uçun qoida tariqasida xaridorga afzal şaroitlar taqdim eta olişi mumkin. Lekin bu holatda ham kimlardir uçun STG xarid qiliş böyiça şartnoma quvur orqali yetkaziladigan gazdan afzalroq bölişi mumkin — barçasi yetkaziş şartlariga boğliq.
2020-2022 yillarda STG import qilgan mintaqalar. Infografika: Bloomberg
STGni tezkor bozorda xarid qiliş: bunda uning narxi gaz habidagi indekslarga boğliq böladi. Indeks muayyan habda, muayyan kun uçun spot (tezkor) bitimlarga asoslanib, gazning örtaça narxini çiqaradi. Yevropa uçun bunday yetakçi indeks Niderlandiyaning Title Transfer Facility (TTF), Osiyo uçun — Japan Korea Marker (JKM), AQŞ uçun — Henry Hub hablari orqali hisoblanadi.
Ikkinçi holatda quvur orqali yetkaziladigan gaz ham, STG ham xaridor uçun bir xil narxda hisoblanadi, çunki u habda aniqlaştiriladigan indeksga qarab hisoblanadi. Ötgan yili gaz narxlari örtaça MMBTU (million Britaniya issiqlik birligi — uning ming kub metr gaz uçun narxini çiqariş uçun 35,8 ga köpaytiriş kerak) hisobiga TTF’da — 41 dollar (1000 metr kubi uçun — 1467 dollar), JKM’da — 34 dollar (1000 metr kubi uçun — 1217 dollar), Henry Hub’da — 7 dollar (1000 metr kubi uçun — 250 dollar) edi. Hozir xomaşyo narxi 3 barobarga tuşib ketgan: gaz TTF’da — 11,9 dollar (1000 metr kubi uçun — 426 dollar), JKM’da — 12 dollar (1000 metr kubi uçun — 429 dollar), Henry Hub’da — 2,6 dollar (1000 metr kubi uçun — 93 dollar)dan sotilmoqda.
Nega Yevropa kutilmaganda köproq STG xarid qilmoqda?
Qisqaroq qilib aytganda, «Gazprom» bilan şartnomalar buzilganidan söng.
STG uçun eng afzal bozor doimo Janubiy Osiyo davlatlari hisoblab kelingan: aholi soni oşib, iqtisodiyot ösib borar ekan, u yerda gaz iste’moli ham faol ravişda kengaya bordi. Bir vaqtning özida boşqa bir potensial xaridor — Yevropa Rossiyaning quvur orqali yetkaziladigan arzon gazi bilan töyintirib taşlangan edi. Yevropada STG bozori şunçaki muvozanatlovçi rolida edi: osiyolik iste’molçilarga kerak bölmagan hajmlarni öziga qabul qilardi. Yer qa’ridan gaz sörib olişda davom etayotgan «Gazprom» tirik turgan şaroitda Yevropa STGning yirik bozoriga aylanişi mumkin bölgan vaziyat aql bovar qilmas sanalardi.
«Gazprom» Yevropaga quvur orqali gaz yetkazib beriş bozorini töliq işğol etib bölgandi. Foto: finobzor.ru
Biroq, 2022 yilda aynan şu narsa sodir böldi — Yevropaga STG importi avvalgi yilga nisbatan 60 foizga ösdi va bu hajmning barçasi Rossiyaning quvur orqali yetkaziladigan gazi örnini qoplaş uçun işlatildi. 2022 yil mobaynida Rossiya hukumati Yevropa bozoridagi «Gazprom» uluşidan öz ixtiyorlari bilan voz keçdi va yevropalik iste’molçilarni zudlik bilan örniga boşqasini topişga majbur qildi. STG ular uçun yagona variant böldi. Uni narxiga e’tibor bermasdan xarid qilişga töğri keldi: şunday vaqtlar ham böldiki, TTF’da uning 1 MMBTUsiga narxlar 95 dollarga ham yetdi (1000 kub metriga — 3400 dollar). Uni suyuq holatdan qayta gaz holatiga ötkaziş uçun infratuzilma yöqligi ham tösiq böla olmadi: masalan, Germaniya bor-yöği 6 oy içida ikkita STG qabul qiluvçi terminal qurib, foydalanişga topşira oldi.
Osiyo-Tinç okeani mintaqasida esa 2022 yilda STG iste’moli, aksinça, 7 foizga pasaydi: Xalqaro energetika agentligi öz hisobotida qayd etişiça, bunday dinamikaning boş sababi — gaz narxlari haddan ziyod kötarilgani va Xitoyda çözilib ketgan karantin bölgan.
Rossiya işlab çiqargan STG-çi? U ham Yevropada sotilmoqdami?
Yevropaga STG importi ösişi asosan Amerika gazi hissasiga töğri keldi, 23 foizi Qatar uluşiga, 12 foizi esa... Rossiya hissasiga. Hozir Yevropada Rossiya STG uluşi 13 foizga yetadi, deya baholamoqda Yevropadagi yirik treyding kompaniyasi tahlilçisi.
Rossiyaning gaz quvurlari va Yevropadagi STG terminallari xaritasi. Infografika: defence-line.org
2023 yilning birinçi yarim yilligi yakunlariga köra, Yevropa 12,5 mlrd kub metrga teng Rossiya gazini STG şaklida qabul qilib olgan. Agar bu daraja yilning ikkinçi yarmida ham saqlanib qolsa, yetkazib beriş hajmi 25 mlrd kub metrni taşkil etadi va bu «Şimoliy oqim»ning omon qolgan bitta tarmoği ötkazadigan gaz hajmiga teng.
Sanksiyalar-çi?
Rossiya tomonidan işlab çiqarilgan STGni Yevropaga yetkaziş (xuddi quvur orqali yetkaziladigan tabiiy gaz kabi) sanksiyalar ostiga tuşmagan: xomaşyo importi YeI iqtisodiyoti uçun kritik darajada muhim bölib qolmoqda. Biroq yevropalik siyosatçilar Rossiyadan öz bozorlariga yetkazilayotgan suyultirilgan gazni çeklaş yölini axtarmoqda — masalan, rossiyalik yetkazib beruvçilarga Yevropa Ittifoqidagi STGni suyuq holatdan gaz holatiga ötkazuvçi terminallarda quvvatni bron qilişni taqiqlaş yöli orqali. Yana bir usul — Yevropa kompaniyalariga rossiyalik STG işlab çiqaruvçilaridan uzoq muddatli şartnomalar tuzmaslikni tavsiya etiş. Nima bölganda ham, hozirça bu borada muayyan qarorlar qabul qilinmagan.
STG doim mana şunday maşhur böladimi?
Bu fakt böla olmaydi. Yaqin ikki yil içida Yevropaning suyultirilgan gazga bölgan ehtiyoji ortişi STGning mavjud hajmlari uçun Osiyo bilan raqobatga kirişişni kuçaytiradi, deya prognoz qilişmoqda Shell tahlilçilari. Bozorda qöşimça STG hajmlari 2025–2027 yillarda — Qatar va AQŞ suyultirilgan gaz işlab çiqariş böyiça qöşimça işlab çiqariş quvvatlarini işga tuşirganidan sönggina paydo böladi.
Qatardagi STG işlab çiqaruvçi zavodlardan biri. Foto: upstreamonline.com
Amerikaning energetika iqtisodiyoti instituti tahlilçilari öz navbatida STGga bölgan yuqori va ösib borayotgan talab örnini tez orada talabning öta çeklangan ösişi egallaşidan ogohlantirmoqda. Bunga bir neça omillar işora qilmoqda:
YeIning 2030 yilga borib energetikada gazdan foydalanişni 40 foizga qisqartiriş rejasi;
Yaponiya va Koreyada atom energetikasi va tiklanuvçi energiya manbalari rivojlantirilayotgani;
Xitoyning Rossiyadan quvur orqali yetkaziladigan tabiiy gazi örniga mamlakat içida qazib olinayotgan öz gaziga ötişi;
Gaz narxi oşib borişi tufayli Hindiston, Pokiston va Bangladeş tomonidan xaridlar qisqartirilişi.
STGga bölgan talab kamayişi, Rossiya tomonidan gaz yetkazib beriş töxtatilganidan söng Yevropada şoşilinç ravişda qurib taşlanayotgan qayta gazga aylantiriş quvvatlari turib qolişiga olib kelişi mumkin. 2030 yilgaça bunday quvvatlar 400 mlrd metr kub STGni qayta işlaşga möljallab qurilişi mumkin, STGga bölgan talab esa 150 millard metr kub bölişi prognoz qilinmoqda. Natijada, terminallarga qayta işlaş uçun 250 mlrd metr kub gaz yetişmay qoladi.