Toşkent viloyati Ohangaron tumanida yaşovçi Şahzod Musayev Kun.uz'ga murojaat qilib, 2023 yil 30 may kuni maşinasi avtomobil yuviş şoxobçasi işçisi O.Y. tomonidan olib qoçilgani va u yöl-transport hodisasi sodir etganini ma’lum qildi.

Musayevning aytişiça, u boşqaruvidagi Trasker-2 maşinasini yuvdiriş uçun Ohangarondagi avtoyuviş şoxobçasida qoldirgan. Bir muddat ötgaç, uning tanişlari maşinasini begona şaxs boşqarib, xavfli harakatlar qilib avariya sodir etganini xabar qilişadi.

“Tanişlarimning gapiga işonmay, "moyka"ga yetib bordim. Maşina joyida yöq ekan. Uç-tört kilometr narida maşinamni ağdarilib yotgan holatda topdim. Öşa zahoti içki işlar idorasiga qönğiroq qilib, maşinam şoxobça işçisi tomonidan olib qoçilgani, natijada "avariya" sodir bölganini aytdim. YPX xodimlari kelib holatni örgandi va maşinamni jarima maydonçasiga olib ketişdi.

Hozirgi vaqtda maşinamni olib qoçib, avariya sodir qilgan O.Y. qoçib ketgan. Unga heç kim çora körmayapti. Qayerdaligi ham noma’lum.

Özim örtoqlarim bilan mustaqil tarzda "moyka"çi yigitni izladik. Eşitişimça, u Toşkent şahridagi qaysidir zavodda işlab yurgan ekan.

Bir neça marta içki işlar idoralariga, prezident portaliga ariza bilan murojaat qildim. Biroq heç qanday harakat, natija yöq”, – deydi Şahzod Musayev.

Huquqbuzar voqea joyida. U içki işlar xodimlari kelib, hujjatlar rasmiylaştiriş jarayonida iştiroki etgan, lekin keyinçalik topilmay qolgan.

Jabrlanuvçi holat böyiça içki işlar idoralarida ma’muriy yoki jinoiy iş oçilgan-oçilmaganini ham bilmaydi. Yetkazilgan zarar haqida ham gap-söz yöq.

“Nahotki, bir oydan oşiq vaqt ötibdiki, maşinamni roziligimsiz boşqarib, menga katta moddiy zarar yetkazgan şaxsni topişning iloji yöq? Axir uning şaxsi, doimiy yaşaş manzili içki işlar idoralariga ma’lum-ku”, – deydi Musayev.