Özbekiston Superligasi va Pro ligasida mavsumning birinçi qismi ortda qolib, jamoalar yozgi tanaffusga çiqişdi. Xususan, Pro ligada çempionatning 1-davra bahslari kuraşlarga boy ötib, yangi nomlar kaşf etildi va hozirda Superligaga da’vogar klublar soni bir neçtani taşkil etmoqda. Tribuna.uz mavsumning yarmi yakuniga yetgaç, 1-davra ramziy jamoasini tuzdi.

Darvozabon: Abdumavlon Abdujalilov

Klubi: «Lokomotiv»

«Lokomotiv» jamoasi Pro ligada karvonboşçilik qilmoqda. «Temiryölçilar» çempionatda eng kam gol ötkazib yuborgan jamoa bölib turibdi – 4ta. Bunda esa 28 yoşli posbonining hissasi katta böldi. Abdumavlon Abdujalilov Pro ligadagi 10 öyinning barçasida töliq harakat qildi.

Himoyaçilar: Oleg Zoteyev

Klubi: «Lokomotiv»

Özbekiston milliy jamoasi sobiq himoyaçisi Oleg Zoteyev Pro ligada faqat nom jihatdan emas, öyini bilan ham eng yaxşilardan biri bölib turibdi. «Lokomotiv» safida çap va öng qanot himoyasida harakat qilgan 33 yoşli himoyaçi Pro ligadagi 10ta öyinda ham töliq harakat qilib, öz hisobiga gol va assist yozib qöydi.

Himoyaçilar: Xurşidbek Ubaydullayev

Klubi: «Dinamo»

Pro ligada debyut mavsumini ötkazgan Xurşidbek Ubaydullayev 21 yoşda bölsa-da, «Dinamo»ning yetakçi himoyaçisiga aylanib oldi. Vadim Abramov kaşf etgan markaziy himoyaçi 1-davrada Pro ligadagi 10 öyinda ham, Özbekiston kubogi guruh bosqiçidagi 3 öyinda ham maydonda töliq harakat qilib, bitta gol va 2ta assist muallifiga aylandi.

Foto: Dinamo

Himoyaçilar: San’at Şixov