«Maşhur Volkswagen brendi sport, xususan, futbol ommaviyligini oşirişda dunyo miqyosida qator yirik loyihalarni amalga oşirib keladi.
Özbekiston bozoriga kirib kelayotgan Volkswagen brendi yurtimizda sport tarğiboti yölida yirik loyiha boşlamoqda. Jumladan, Volkswagen brendi Pro liga rasmiy homiysiga aylanmoqda.
UzReport Pro liganing media va tijorat huquqlari böyiça ham Özbekiston Professional futbol ligasi bilan hamkorlik qilişidan xabaringiz bor. Bugun PFL, Volkswagen hamda Uzreport TV örtasida uç tomonlama şartnoma imzolandi. Endilikda Pro liga tarixda ilk bor öz homiysiga ega böldi.
Imzolangan uç tomonlama şartnomaga köra dunyoga maşhur Volkswagen brendi mamlakatimiz futboli rivojiga öz hissasini qöşadi. Jumladan, Volkswagen Pro ligaga oid barça translatsiyalar, tadbir va uçraşuvlar davomidagi tijoriy bannerlar, reklama roliklari hamda media mahsulotlari orasidan joy egallaydi.
Umid qilamizki, Volkswagen bilan mazkur hamkorlik Özbekiston futboli rivoji yölidagi yana bir dadil qadam böla oladi», deyiladi PFL xabarida.










