Toşkentda “Yangi Özbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” xalqaro şeriklik taşabbuslari haftaligi tadbirlari davom etmoqda. Haftalikning bugun, 6 iyul kungi dasturida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikeri örinbosari Akmal Saidov ham çiqiş qildi.
Tadbir davomida Inson huquqlari böyiça Milliy markaz rahbari Kun.uz muxbirining Özbekistondagi tergov va jazoni ijro etiş muassasalarida sodir bölayotgan qiynoq hamda ölim holatlari kamaymayotgani haqidagi savoliga ham javob berdi.
“Çiqayotgan har bir axborotdan xabarim bor. Biz nima bilan şuğullanayotganimiz, nima qilayotganimiz böyiça avvalroq yozma hisobot ham berdik. Umuman, qiynoqlar muammosi bu – global muammo. Dunyoda biror davlat yöqki, uning jazoni ijro etiş muassasalarida qiynoq uçramagan bölsa. Hamma yoqda uçraydi. Çunki men ötgan yili qiynoqlar böyiça BMTda Özbekistonning beşinçi ma’ruzasini qildim.
Albatta, 2015-16 yilgaça bölgan davrda ham men Özbekistonda qiynoqlar masalasi bilan şuğullanganman. Siz hozir faqat Böka va Andijonni esladingiz. Men esa Andijondagi ötgan yilgi yoki avvalroq Qaşqadaryodagi holatlarni aytaman.
Eng dahşatlisi, Andijondagi voqealarda içki işlardagi 3 nafar xodim atigi 24 yoşda edi. Içki işlar akademiyasini bitirib borib, endi ikkinçi yil işlayotgan bölgan. Bular nega bunday iş qildi, degan savol tuğiladi. Bu dahşat.
Sizni kuyunçaklik bilan berayotgan savolga men 100 foiz qöşilaman. Bu yerda muammo içki işlar tizimi bilan boğliqmi yoki şaxslar bilanmi, nima bölganda ham katta muammo. Lekin biz imkon qadar ularni kamaytirişga harakat qilyapmiz. Masalan, Qiynoqlarga qarşi konvensiyaning birinçi moddasiga Jinoyat kodeksining 235-moddasini moslaştirdik. Avval u töla aks ettirmasdi. Buni xalqaro ekspertlar bilan birgalaşib qildik.
Qonuniy asosni, ya’ni javobgarlikni kuçaytirdik. Bizda 2016 yilgaça qiynoqqa yöl qöyganlik uçun jinoiy javobgarlik yöq edi. Biz Jinoyat kodeksiga alohida modda kiritdikki, xodim buni bilsa, javobgarlikni his qiladi.
Biz şuningdek, qiynoqqa yöl qöyilganda rahbarlar javobgarligini ham belgiladik. Albatta, qiynoqlar böldimi, bu siz va bizning işimizdagi kamçiliklarning salbiy natijasi. Buning oldini oliş kerak. Biz nima qildik? Inson huquqlari böyiça oltita viloyatda huquqni muhofaza qiluvçi organning 350 nafar xodim uçun öqiş taşkil qildik.
Bizda şuningdek, ombudsman va xorijiy elçixonalar vakillari qamoqlarga taşrif buyurmoqda. Ular mahbuslarning ahvoli bilan qiziqmoqda. Şuningdek, mahbuslar uçun ombudsmanga murojaat yöllanadigan alohida quti taşkil qilingan. Uni qamoqxonada heç kim oçolmaydi. Hatto koloniya rahbari ham.








