Qovurg‘asi sindirilib, bo‘yin qismidan bo‘g‘ib qiynoqqa solingan – Bo‘kadagi ishning yangi tafsilotlari
Kun.uz’ning ichki ishlar organlaridagi manbasi bergan ma’lumotdan marhum qanday usulda qiynoqqa solinganini taxmin qilish mumkin.

Foto: Kun.uz
4 iyun kuni Bo‘ka tumani IIBda do‘pposlanib vafot etgan U.S. 1987 yilda tug‘ilgan, uning 4 nafar farzandi bor va o‘zi yollanma ishchi bo‘lib ishlagan. Dastlabki ekspertiza xulosalari IIB xodimlari uning qorin sohasiga urgani va bo‘yin qismidan bo‘g‘ib qiynaganini ko‘rsatmoqda.
«Marhumda ko‘krak qafasi chap tomonlama 5-qovurg‘aning to‘sh sohasiga birikib, yopiq sinishi, atrof to‘qimalariga qon quyilishi, qorin parda osti, ingichka ichak va ichak tutqichlariga ko‘p miqdorda qon quyilishlari, bo‘yinning qalqonsimon tog‘ay va til osti suyagi sohalari to‘qimalariga qon quyilishi kabi jarohatlar aniqlangan», — deyiladi Kun.uz’ga taqdim qilingan ma’lumotda.
To‘rt nafar farzandning otasini urib o‘ldirishda gumonlanayotgan IIB xodimlaridan birining ismi Dilshod bo‘lib (1985 yilda tug‘ilgan), Bo‘ka tuman IIB JQBning katta tezkor vakili. Yana birining ismi Shahzod. U 1992 yilda tug‘ilgan, 2019 yildan buyon Bo‘ka tuman IIB JQBning tezkor vakili bo‘lib ishlab kelgan. Ikki xodim ham ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Ichki ishlar vazirligi bayonotida ushbu xodimlar tizimdan bo‘shatilgani hamda Jinoyat kodeksining 235-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma’lum qilingan. Bundan tashqari, Bo‘ka tumani IIB boshlig‘i A.Boboxonov va bir qancha mas’ullar lavozimdan olingan.
IIV o‘z bayonotida markaziy apparat va viloyat IIBBdagi ayrim mas’ullarning harakatlari yuzasidan ham xizmat tekshiruvi tayinlanganini bildirgan edi.
Kun.uz’ning ichki ishlar organlaridagi manbasi ma’lum qilishicha, viloyat IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ortiq Xudaybergenovning bevosita va bilvosita qo‘llovi ortidan viloyatdagi jinoyat qidiruvi xizmati xodimlarining ko‘plab g‘ayriqonuniy ishlariga «ko‘z yumilmoqda».
Toshkent viloyati IIBning jinoyat qidiruvi yo‘nalishiga 5 yildan buyon rahbarlik qilib kelayotgan Ortiq Xudaybergenov – O‘zbekiston prezidentining Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Tursinxon Xudaybergenovning o‘g‘li hisoblanadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Bo‘ka tumanida marhumning o‘ndan ortiq qarindoshlari IIB binosiga bostirib kirishga uringani aks etgan videolar tarqala boshlagan.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47
-
Sankt-Peterburgdagi reydda 200 nafardan ortiq migrant qo‘lga olindi
Jahon | 18:19
-
Sahroi Kabirdan ko‘tarilgan ulkan chang buluti AQShga yaqinlashmoqda
Jahon | 18:15
Mavzuga oid

19:53 / 10.05.2025
Tanqidga toqatsizlik belgisi yoxud jamoatchilikning ko‘zi qanday moylanmoqda?

19:44 / 16.04.2025
Kasanachi oilalarning 5 yillik mehnatini tortib olishmoqchi. Oilalar haq-huquqi uchun kurashmoqda

18:18 / 11.02.2025
Shovotda profilaktika inspektori eri Rossiyada bo‘lgan ayolning uyida ushlandi

21:03 / 31.01.2025