Raqobat qömitasi raisi Şohruh Şorahmedov Kun.uz’ga bergan intervyusida Uzum va Click kompaniyalari birlaşuvi faqat qömita ruxsati bilan amalga oşişini aytdi.
«Kompaniyalar birlaşişga tayyorgarlik köradi, bu normal holat. Ikki kompaniya kelişadi, hujjatlarni tayyorlaydi va qömitaga topşiradi. Birlamçi kelişuv böladi, keyin hamma ruxsat hujjatlarini olgandan keyin yakuniy kelişuvga erişiladi.
Ammo buning uçun Raqobatni rivojlantiriş qömitasi ularning birlaşuviga ruxsat berişi kerak. Çunki ular juda katta kompaniya. Birlaşuviga ruxsat beramizmi-yöqmi, aniq ayta olmayman, çunki örganişimiz kerak.
Aktivlari, aylanmalari, bozordagi raqobatçilari haqida ma’lumot berişi kerak. Biz bozordagi boşqa raqobatçilardan «sizlar qanday firkdasizlar, qanday xavf-xatarlar bor?» deb söraymiz. Ruxsat beramiz yoki bermaymiz – keyin aniq böladi», dedi Şorahmedov.
U Click kompaniyasining 11 milliondan ziyod foydalanuvçisi borligi, Uzum esa tez ommalaşayotgani, şuning öziyoq monopoliya xavfini tuğdirişi mumkinligi haqidagi savolga javoban boşqa tölov tizimlarida ham million-million foydalanuvçilari borligini keltirdi.
«Bizda litsenziya olib, faoliyat yuritadigan tölov tizimlarining soni 52 ta. Tölov tizimi bölgani bilan, siz bemalol banklarning xizmatlaridan foydalanişingiz mumkin. Şunday bölsa-da, ular bizning ruxsatimizsiz birlaşsa, jazoga tortamiz», dedi qömita raisi.
Ma’lumot uçun, kompaniyalar birlaşuvi haqidagi rasmiy xabarlarda ular «kundalik muammolarni hal qiliş va biznesni rivojlantiriş uçun bir vaqtning özida bir neçta yangi servislarni işga tuşirişni rejalaştirayotgani» ma’lum bölgandi. Click superapp’ga aylantirilişi aytilgan.
Eslatib ötamiz, ötgan oyda Özbekistondagi eng yirik ikki IT-kompaniya – Uzum va Click birlaşişini ma’lum qildi. Birlaşiş böyiça keyingi qadamlar töğrisidagi bitim 12 iyun kuni Toşkentda imzolandi.
Jamoatçilikda Click va Uzum kompaniyalari qöşilişi borasida raqobat qonunçiligi yuzasidan savollar tuğilgaç, Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi rasmiy bayonot bergandi.








