28 dekabr 2022 yili «Finanse TSI» MÇJ birja savdolarida «Kapitalbank» ATB aksiyalarining 50 foizini sotib oldi. Bitim qiymati 786,89 mlrd sömni taşkil etdi. Şunday qilib, Rossiyaning «Telekominvest» MÇJ kompaniyasi bank aksiyadorlari tarkibidan çiqib ketdi va 61,54% uluşi bilan Özbekistonning «Finance TSI» MÇJ majoritar aksiyadori böldi. 

«Finance TSI» MÇJ «Djuzum SPV» kompaniyasining şu’ba korxonasi bölib, respublika uçun noyob «Uzum» raqamli xizmatlarining ekotizimini rivojlantiryapti. «Uzum» kompaniyalar guruhi Özbekistondagi 10 dan ortiq tadbirkor va investorlarning tajribasi va aktivlarini birlaştirgan qöşma loyihadir.  

2022 yil noyabr oyida «Kapitalbank» ATB şu’ba korxonasi «Apelsin» raqamli banki Uzum ekotizimiga qöşildi va öz nomini Uzum Bank deb özgartirdi. Davlatimizda har oyda 1,5 million kişi uşbu xizmatdan foydalanadi. Uzum banki p2p-ötkazmalari soni böyiça yetakçi örinni egallaydi. Ekotizimning boşqa xizmatlari bilan integratsiyalaşuv bankka yangilangan keşbek dasturini işga tuşiriş imkonini berdi, şu jumladan, Uzum Market'dan Uzum Pay xizmati orqali buyurtmalarni tölaşda qöşimça bonuslarni ham. 

2022 yil oktyabr oyida tez yetkazib beriş bilan Uzum Market marketpleysi işga tuşirildi. Hozirda saytdagi assortiment 200 mingdan ortiq noyob mahsulotlarni taşkil etadi va yetkazib beriş geografiyasi 17 ta aholi punkti va mamlakatning aksariyat qismini qamrab oladi va faol ravişda kengayib bormoqda. 

Paymart halol muddatli tölov xizmati ham ekotizimga qöşildi va öz nomini Uzum Nasiya nomiga özgartirdi. Xizmatning mamlakat böylab 250 mingga yaqin mijozlari va 1500 mingdan ortiq hamkor dökonlari mavjud. 

Yetakçi moliyaviy va e-commerce xizmatlarining integratsiyasi va öz sohalaridagi eng yaxşi mutaxassislar tajribasining birlaştirilganligi Uzum'ga jismoniy şaxslar va biznesni rivojlantiriş uçun noyob xizmatlar ekotizimini yaratiş imkonini beradi. Şunday qilib, Uzum Market kompaniya va xususiy tadbirkorlarga IT-platforma va logistika yeçimlaridan foydalangan holda yangi mijozlarini topiş va öz mahsulotlarini butun mamlakat böylab sotiş imkoniyatini beradi. Yuridik şaxslarga masofaviy xizmat körsatiş va buxgalteriya hisobotini avtomatlaştirişga yönaltirilgan «Uzum» moliyaviy xizmatlarining rivojlanişi tufayli tadbirkorlik faoliyatini yuritiş jarayoni yengillaşadi, bu esa mamlakatimiz aholisining yanada köproq öz tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş imkoniyatiga ega bölişini anglatadi. 

«Kapitalbank» ATB Uzum ekotizimiga qöşiliş orqali öz foydalanuvçilari hisobiga mijozlar bazasini sezilarli darajada kengaytiradi. Özbekistondagi eng kuçli bank brendlaridan biri va eng yirik xususiy bank bölgan «Kapitalbank» ATB öz xizmatlarini rivojlantiriş bilan birga Uzum brendi bilan kooperatsiyada qöşimça mahsulot qatorini taklif etadi. Masalan, bank mijozlari barça xizmatlar uçun yagona Uzum ID-ga va sodiqlik tizimidan foydalaniş imkoniyatiga ega böladi, bank xizmatlari esa Uzum Market foydalanuvçilari uçun mavjud böladi. Şu bilan birga, «Kapitalbank» ATB öz brendini saqlab qoladi, bank hamkorlari va mijozlari uçun şartlar özgarişsiz qoladi.