Prezident tomonidan “Ma’muriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş sohasida davlat boşqaruvini samarali taşkil qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmon imzolandi.

Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi monopoliyaga qarşi respublika organi bölib, öz faoliyatida bevosita prezidentga va Senatga hisobdor hisoblanadi, öz vakolatlarini davlat organlari va taşkilotlaridan mustaqil ravişda amalga oşiradi.

2023 yil 1 oktyabrdan:

  • eksklyuziv huquqlar berilgan xöjalik yurituvçi sub’yektlarning reyestri (röyxati) joriy etiladi va uşbu reyestrni yuritiş hamda xöjalik yurituvçi sub’yektlar tomonidan kamsitmaslik şartlariga rioya etilişi ustidan nazorat Raqobat qömitasiga yuklatiladi;
  • Raqobat qömitasi bitim şartlarini, tovarlar realizatsiya qilinadigan hududni va narxni belgilaşga bir tomonlama ta’sir körsatiş imkoniyatiga (ustun muzokara kuçiga) ega bölgan sub’yektlarni aniqlaydi va ular tomonidan ustun muzokara kuçini suiiste’mol qilişni taqiqlaydi;
  • raqobatga qarşi kelişuvni tuzgan yoki özaro muvofiqlaştirilgan harakatni sodir etgan yuridik yoki jismoniy şaxs bu haqda Raqobat qömitasiga birinçi bölib ixtiyoriy ravişda xabar qilsa, u raqobat töğrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikdan ozod etiladi;
  • moliya va raqamli bozorda ustun mavqeni egallab turgan xöjalik yurituvçi sub’yektlar özlarining rasmiy veb-saytlarida sotiladigan tovarlar (işlar, xizmatlar)ning monopol turlari böyiça namunaviy şartnomalarni (ofertalarni) joylaştiradi;
  • asosiy faoliyati tabiiy monopoliya şaroitida tovar işlab çiqariş yoki xizmat körsatiş bölmagan xöjalik yurituvçi sub’yektlar tabiiy monopoliyalar sohasida faoliyat olib borganda ular tabiiy monopoliya sub’yektlari hisoblanmaydi.

Raqobatga qarşi harakatlarga çek qöyişda iqtisodiy ta’siri past holatlar böyiça birinçi marta huquqbuzarlik sodir etgan tadbirkorlik sub’yektlariga javobgarlik çoralarini qöllamagan holda, profilaktik tuşuntiriş tadbirlari amalga oşiriladi.

Raqobat qömitasi tomonidan "Biz sizni eşitamiz" loyihasi joriy qilinadi va loyiha doirasida har çorakda tadbirkorlar bilan uçraşuv ötkaziş va raqobatga tösiq bölayotgan omillarni bartaraf etiş böyiça takliflar işlab çiqiş tizimi yölga qöyiladi.