Rossiyadagi 28 000 ortiq do‘konga ega yirik chakana savdo tarmoqlaridan biri bo‘lgan «Magnit» kompaniyalar guruhi tarkibiga kiruvchi M Cosmetic – kosmetika, parfyumeriya va maishiy kimyo mahsulotlari do‘konlari tarmog‘i Balton Trading Asia bilan logistika sohasida hamkorlikni boshladi.

2022 yilda Balton Trading Asia logistika yo‘nalishida yangi – 3PL xizmatlarini rivojlantira boshladi. Hozirgi kunda esa kompaniya MDH mamlakatlaridagi yirik chakana sotuvchilardan biri – M Cosmetic uchun 3PL xizmatlarining asosiy yetkazib beruvchisi hisoblanadi. 2023 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, Toshkent va Toshkent viloyatida, Farg‘ona va Andijonda 28 ta tarmoq do‘konlari faoliyat ko‘rsatmoqda, yil oxiriga qadar M Cosmetic tarmoqni 60 dan ortiq savdo nuqtalariga yetkazishni rejalashtirmoqda.

Balton Trading Asia vakillari M Cosmetic bilan hamkorlik haqida so‘zlab berishdi, shuningdek, 3PL nima ekanligi, xizmatlardan foydalanish kimga foyda keltirishi va logistika bo‘yicha hamkor sifatida kompaniya tanlashning afzalligi nimada ekanligini tushuntirib berdi.

M Cosmetic bilan hamkorlik

M Cosmetic yaqinda Balton Trading Asiani logistik hamkor sifatida tanladi. Kompaniyaning tajribali xodimlari WMS Axelot X5 (Warehouse Management System) tizimida ish yuritishadi, bu esa barcha hamkor ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda yirik chakana sotuvchiga individual yondashuvni topishga yordam beradi.

Balton Trading Asia maxsulotni qabul qilishdan tortib jo‘natishgacha bo‘lgan to‘liq logistika siklini o‘z zimmasiga olib, stikerlarni chop etish, etiketkalash va boshqa ombor ichidagi operatsiyalarni o‘zi amalga oshiradi. M Cosmetic do‘konlariga tovarlarni jo‘natish to‘g‘ridan-to‘g‘ri Balton Trading filiallari orqali o‘z transport vositalarida amalga oshiriladi. Bu M Cosmetic'ga o‘z omborlari, ishchi kuchlari va avtoparkka ega bo‘lish yukini yengillashtirishga yordam beradi va shu bilan xarajatlarni ham kamaytiradi. Bu, ayniqsa, chakana sotuvchi faol ishtirok etayotgan mintaqaviy kengayish uchun juda muhimdir. Iyul oyi oxiriga qadar Farg‘ona va Andijon viloyatlarida mavjud do‘konlardan tashqari yana yangi do‘konlar ham o‘z eshiklarini ochadi. 

So‘nggi olti oy ichida M Cosmetic buyurtmalari bo‘yicha qayta ishlangan mahsulot nomlari (SKU) soni 2000 tadan 8000 tagacha, yetkazib beruvchilar soni 130 tagacha oshdi. Shu bilan birga, SKU qanday miqdor va o‘lchamda bo‘lishi muhim emas, zamonaviy omborlarni boshqarish vositalariga ega Balton Trading bunday vazifalarga tez va samarali yechim topa oladi.