Ukrainaning Rossiya tomonidan anneksiya qilingan hududlaridan bolalar Belarusdagi soğlomlaştiriş lagerlariga «ta’tilga» jönatilyapti, biroq hammasi ham ortga qaytmayapti, ba’zilari Rossiya hududida ğoyib bölyapti, deya xabar berdi muxolifatdagi Inqirozga qarşi xalq boşqaruvi rahbari va Belarusning ötiş davri qöşma vazirlar mahkamasi vakili Pavel Latuşko 19 iyul, çorşanba kuni «Dojd» telekanaliga bergan intervyusida.
«Oxirgi ma’lumotlar Ukrainaning egallab olingan hududiga qaytmagan yetim bolalarga tegişli. Ular ğoyib bölgan, ya’ni Rossiya hududida izi yöqolgan. Ularning hozir qayerda ekani haqida boşqa ma’lumot bera olmaymiz», - deydi Latuşko. U qança ukrainalik bolalar şu tarzda ğoyib bölgan bölişi mumkinligiga aniqlik kiritmadi.
Muxolifatdagi siyosatçiga köra, huquq himoyaçilari Belarusga olib ketilgan ukrainalik bolalarni yuzlaridan aniqlayapti. Bugungi kunga qadar ular 16 nafar yetim bolaning şaxsini aniqladi. «Ammo bu faqat boşlanişi. Afsuski, ularning soni ikki yuzga yaqin bölişi mumkinligini aytişimiz mumkin», - dedi Latuşko.
Anneksiya qilingan hududlarning Rossiya tomonidan tayinlangan «hokimiyatlari» mehribonlik uylaridagi yetim bolalar reabilitatsiya qiliş uçun Belarusga olib ketilayotganini da’vo qilmoqda. Iyun oyida Rossiya va Belarus ittifoq davlati kotibi Dmitriy Mezensev qöşib olingan «DXR» va «LXR»dan 2000dan ortiq bolalar ota-onalari yoki vasiylarining roziligi bilan Minsk viloyatidagi sanatoriyga dam olişga ketganini aytdi.
18 iyul kuni Yevroparlament deputatlari Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenkoni hibsga olişga order beriş talabi bilan Haagadagi Xalqaro jinoiy sudga (XJS) murojaat qildi. Yevroparlamentning xalqaro işlar böyiça qömitasi tomonidan qabul qilingan hujjatda Ukrainaga yetkazilgan zarar va uning hududida sodir etilgan jinoyatlar uçun Belarus mas’ul ekani aytiladi. Bundan taşqari, Yevroparlament deputatlari ukrainalik bolalarni noqonuniy deportatsiya qilişda Lukaşenko rejimining roliga işora qilgan.
17 mart kuni Xalqaro jinoiy sud Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olişga order berdi. U hududlaridan bolalarni Rossiyaga noqonuniy deportatsiya qilişda gumonlangan. Xuddi şunday order Rossiyaning bolalar huquqlari böyiça vakolatli vakili Mariya Lvova-Belovaga nisbatan ham çiqarilgan.








