Qonundan taşqari rotatsiyalar ham tizimdagi kuçni balanslaydi, ammo jarayon şaffof bölişi kerak, deb hisoblaydi siyosiy tahlilçi Hamid Sodiq. U kuni keça prezident boşçiligida IIVda amalga oşirilgan lavozimlar almaşinuvi bilan boğliq vaziyatning mohiyatini tuşuntirişga urindi. “Mutlaq muhokama qilinmaydigan şunday bir tizim yaraldi, mana şundan voz keçilgani ijobiy holat böldi”, deydi u Kun.uzʼga bergan intervyusida.
Kun.uzʼning 27 yanvar kuni prezident Şavkat Mirziyoyev boşçiligida poytaxtda xavfsiz muhitni şakllantiriş va jamoat xavfsizligini ta’minlaş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi tahliliga bağişlangan suhbatida siyosatşunos Hamid Sodiq ham iştirok etib, kart-blanşlar bilan boğliq oldingi va bugungi vaziyatni tuşuntirişga urindi. Ta’kidlanişiça, avvalgi kuçişlatar tizimlarning vakolati “ölim jazosi”ga ham qaror çiqarib, ijro etişiga olib kelgan.
“Hatto şunday darajaga yetdiki, bu tizimning içidagi hozir öqişni bitirib kelgan leytenantning ham joylardagi qarori muhokama qilinmas edi. Ya’ni mutlaq muhokama qilinmaydigan şunday bir tizim yaratdi. Ha, 10-15 yil jinoyatçilikni kamaytirib, bir barqarorlikni vujudga keltirar, lekin bu tizim tizimlaşganidan keyin hatto saroyga xavf sola boşlaganidan keyin ham töxtatib bölmay qoladi. Va nafaqat, deylik, atrofdagilar, balki mana şu göştqiymalagiç özining xodimlarini ham tortib ketganini kördik keyinçalik. Özining yaratgan göştqiymalagiçi özlarini ham tortib ketdi va şuning uçun bu butun tizimni judayam yomon ahvolga olib kelib qöydi, mana şundan voz keçilgani ijobiy holat böldi”, - deydi u.
Siyosiy tahlilçi bugungi holatda qonundan taşqari rotatsiyalar tizimni balansga keltirişini, masalan, kuçişlatar tizimlar kuçayib ketib qolmay, balki byurokratik boşqa tizimlar unga balans berayotganini, ammo bu jarayonlar şaffof bölişi tarafdori ekanini qayd etdi.
“Parda ortida keçayotgani uçun bizda ma’lumot yöq hozir. Nima uçun olib taşlandi? Özi asli sababi nima edi? Nima uçun biz muhokama qila olmayapmiz, degan masalalar keyinçalik Abdurahmon akam aytmoqçi bölgan narsa, judayam katta vakolatlar kimda töplanadi? Agar bunday holat davom etadigan bölsa, kuçişlatar tizimlarning qaysidir turi kuçayib ketadigan bölsa, yana oldingi holatga kelişimiz mumkin. Şuning uçun bu mana şunaqa qat’iy bir qaror bilan jiddiy ma’muriy islohotlarni talab qiladigan jarayon hisoblanadi. Agar şuni amalga oşirmaydigan bölsa, aynan bu jarayon men uç oy demagan bölardim, olti oy, bir yilning içida yana takrorlanişi mumkin”, - deydi Hamid Sodiq.
Şuningdek, intervyuda IIV tizimi borasida hukumatning keyingi qadamlari qanday bölişi kerakligi, kadrlar siyosati, parlament kabi siyosiy institutlarni “tiriltiriş” masalalari ham muhokama qilindi. Videoning töliq şaklini şu
















