«Vaqf» xayriya jamoat fondi axborot xizmati rahbari Saidabror Umarov birinçi yarim yillikda amalga oşirilgan xayriya işlari haqida ma’lumot berdi. 

Qayd qilinişiça, 2023 yilning ötgan 6 oyi davomida fond tomonidan xayriya, zakot, vaqf mulklari, ziyoratgohlar, diniy taşkilotlar va aksiyalar orqali kelib tuşgan mablağlar hamda homiylar va hamkor taşkilotlar tomonidan taqdim etilgan moddiy körinişdagi ehsonlar bilan qöşib hisoblaganda qariyb 16,7 mlrd söm xayriya sifatida sarflangan. 

Jumladan:

- Diniy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini moliyalaştiriş maqsadida «Qur’on va tajvidni örgatiş» öquv kurslari dars xonalariga 11 dona smart doska uçun – 187 mln söm;

- Diniy ta’lim muassasalari professor-öqituvçilari hamda texnik xodimlarini moddiy va ijtimoiy qöllab-quvvatlaş uçun – 2,4 mlrd söm;

- Diniy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan 141 nafar talabani moddiy qöllab-quvvatlaş va tölov-şartnomasi uçun — 745,6 mln söm;        

- Masjidlar va ziyoratgohlar xodimlarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş uçun – 130 mln söm;

- 2119 nafar imom-xatibning har biriga bir martalik 5 mln sömdan jami 10,6 mlrd söm, 192 nafar otinoyining har biriga 3 mln sömdan jami 576 mln söm;

- Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini moddiy qöllab-quvvatlaş uçun – 1,2 mlrd söm, şundan imkoniyati çeklangan, nogironligi bor bölgan şaxslarni moddiy qöllab-quvvatlaş uçun – 408 mln söm;

- Turli xayriya tadbirlari uçun – 216 mln söm;

- Viloyat vakilliklarining ma’muriy harajatlari uçun berilgan moddiy yordam – 70 mln söm. 

Bundan taşqari, «Qurbon hayiti–2023» tadbiri doirasida 471 mln söm qiymatidagi göşt va Saudiya Arabistoni tomonidan taqdim etilgan 25 tonna hurmo bayram sovğasi sifatida haqdorlarga yetkazilgan. 

Içimlik suvi tanqis bölgan turli hududlaridagi aholini toza içimlik suvi bilan ta’minlaş maqsadida «Vaqf suvlari» loyihasi doirasida Qaşqadaryo viloyatining Ğuzor tumanidagi quduq uçun 80 mln söm fond hisobidan sarflangan bölsa, homiylarni jalb qilgan holda 3 ta artezian quduği qazib işga tuşirilgan. Yana 3 ta hududda qaziş işlari amalga oşirilmoqda.