«Qrim köprigiga tungi hujum Ukraina harbiy-dengiz kuçlari va Ukraina xavfsizlik xizmatining maxsus operatsiyasi bölgan», deya xabar bergan BBC naşrining UXXdagi manbalari.
«Köprikka suv usti dronlari bilan hujum qilindi. Köprikkaça boriş qiyin böldi, lekin oxir-oqibat buni uddaladik», deydi UXXdagi manba. Boşqarma boşqa tafsilotlarni keltirmagan.
Rossiya Milliy aksilterror qömitasi hujum «ikkita boşqaruvçisiz suv usti qurilmasi» tomonidan amalga oşirilganini ma’lum qildi.
Oçiq manbalarda qurilmalar xususiyatlarini juda taxminiy ravişda körsatişi mumkin bölgan ikkita dalil mavjud.
Birinçisi, Mash telegram-kanali xabari bölib, u öz ma’lumotlariga tayangan holda, dronlar suv mototsikllari asosida yaratilgan bölişi mumkinligi ta’kidlagan.
«Bizdagi ma’lumotlarga köra, 145-tayanç ustun yaqinidagi hujum hududida suv mototsikllarining bölaklari topilgan. Ukraina qurolli kuçlari aynan ularni portlovçi moddalar bilan dronga aylantirişga örgatilgan. Ular suv ustida faqatgina bir neça santimetrga körinib, nişonga deyarli suv ostidan boradi», deyiladi xabarda.
Ikkinçisi, köprikka zarba berilişidan sal oldin taxminan Sevastopol yaqinida yozib olingan ikkita video. Rossiyaparast telegram-kanallar xabariga köra, 16 iyul kuni Sevastopolga avvaliga havo dronlari, keyin esa dengiz dronlari hujum qilgan. Ularning barçasi yöq qilingani aytilgan.
Videolardan birida qirğoq yaqinidagi suvda qora obekt harakatlanayotgani körinadi.
Ikkinçi videoda suv mototsikliga juda öxşaş suv transporti aks etgan. Videoni tarqatgan Mash kanali ta’kidlaşiça, bu ekipajsiz kater bölgan. Rolikda suvda portlaş sodir bölgani körsatilgan, katta ehtimol bilan bu uşbu apparatning yöq qilinişi edi.

«Kommersant» gazetasi keltirgan versiyalardan biriga köra, Qrim köprigiga jami ikki marta zarba berilgan. Birinçi zarbada masofadan boşqariladigan gidrosikllar portlovçi moddalar bilan köprikni zararlaşga uringan, ikkinçi hujumda esa qölbola apparatlardan emas, ança mukammalroq jangovar qurilmalardan foydalanilgan.
Portlaşlar suv yuzasida, köprik ustunlari orasidan bir neça metr uzoqlikda sodir bölgan va şu qadar kuçli bölganki, temir-beton konstruksiyaga zarar yetkazgan. Şu sababli, ijtimoiy tarmoqlar va OAVdagi muhokamalarda bunday şikast yetkaziş uçun zarur bölgan portlovçi qism miqdori haqida turli taxminlar yangradi, lekin hamma joyda bu bir neça yuz kilogramm, jumladan 500 kilogrammgaça bölişi aytildi.
Zarbdor gidrosikl
Agar Mash kanali e’lon qilgan videoda köringan qurilma haqiqatan ham suv mototsikli asosida yaratilgan Ukraina qurolli kuçlari dengiz droni bölsa, unda uning konstruksiyasiga juda köp özgartirişlar kiritilgan.
Birinçidan, suv mototsikllari uzoq masofaga sayohat qilişga möljallanmagan. Ular dastlab sport, dam oliş va köngil oçiş uçun işlab çiqilgan. Gidrosikl — bu bir yoki ikki, maksimal uç kişini taşiş uçun möljallangan tezkor kater. Va undagi eng muhim jihat uzoqlik emas, balki tezlikdir.
Ekipajsiz zarbdor kater uçun tezlik va manyovr qiliş qobiliyati muhim, ammo oxirgi bosqiç — nişonga yaqinlaşiş paytida.
Biroq dron kater uçun uzoqqa suziş ham bundan kam ahamiyatga ega emas, çunki bunday dronlar katta oraliq masofadan işga tuşiriladi. Nişonga katta kemada yaqinlaşiş esa juda xavfli, çunki uni osongina payqaş mumkin.
Turli manbalarning hisob-kitoblariga köra, gidrosikllarning maksimal suziş masofasi taxminan 130 kilometrdan 270 kilometrgaça yetadi. Bu qurilmaning ma’lum modeliga, foydali yuk massasiga, şamol tezligi va yönalişiga, suv oqimlariga, suvning şörligiga, suv va havo haroratiga va nihoyat, motorning işlaş rejimiga boğliq.

Agar xaritaga qaralsa, 270 kilometr, bu taxminan köprikdan Qora dengizning örtasigaça bölgan masofa. Biroq, bunday uzoqlikka faqat ideal şaroitlardagina erişiş mumkin va ayni paytda qurilmaning özi nişonga qarab töğri, manyovrlar qilmasdan, eng tejamkor rejimda suzişi kerak.
Va, katta ehtimol bilan qayiq töliq yuklamaga ega bölmasligi kerak. Örtaça gidrosikl taşiy oladigan yukning maksimal oğirligi taxminan 270 kilogrammni taşkil qiladi.
Biroq, gap ekipajsiz kater haqida ketayotgan ekan, demak unda boşqaruv, aloqa va navigatsiya uskunalari bölişi kerak. Bu ham katerning foydali yuk hajmini kamaytiradi.

Foto: U24.GOV.UA saytidan skrinşot
Şuning uçun köplab şarhlovçilar köprik bir yoki ikkita gidrosikl yordamida portlatib yuborilganiga şubha qilmoqda.
Mash manbasi ta’kidlaşiça, suv mototsikllari «suv yuzasida bor-yöği bir neça santimetr köringan holda, öz nişoniga deyarli suv ostidan borişi mumkin». Uşbu iqtibos ham şubha uyğotadi, çunki bu suvning qarşiligini kuçaytirib, suziş masofasini qisqartiradi.
Ukraina ekipajsiz dengiz qurilmalarini çet eldan olmoqda. Rossiyaning keng kölamli bosqinining boşidan beri ğarblik hamkorlar Ukrainaga bir neçta dengiz dronlarini yetkazib berdi.
Xususan, Buyuk Britaniya buni namoyişkorona tarzda amalga oşirdi. Lekin, 2022 yil avgust oyida taqdim etgan oltita REMUS-100 boşqaruvçisiz qurilmalari faqatgina minalardan tozalaş uçun işlatiladigan kiçik suv osti dronlaridir.
Ukraina qurolli kuçlarining zarbdor qurilmalari
Ukraina allaqaçon dengizdagi rus kuçlariga qarşi dronlardan foydalangan.
Eng muvaffaqiyatli hujum 2022 yil 29 oktyabrdagi boşqaruvçisiz katerlar reydi bölib, öşanda ulardan bir neçtasi kemalar töxtaş joyiga yorib kirişga muvaffaq bölgan hamda Britaniya razvedkasi ma’lumotlariga köra, minadan tozalovçi «Ivan Golubets» va «Admiral Makarov» fregatiga zarar yetkazgan.

Şundan söng Ukraina qurolli kuçlari Sevastopolga yana bir neça marta hujum uyuştirişga uringan. Kamida bitta hujum oçiq dengizdagi kemaga qarşi amalga oşirilgan.
Rossiya mudofaa vazirligi 2023 yil 24 may kuni ertalab uçta dengiz droni Bosfor böğozidan 140 kilometr şimoli-şarqda joylaşgan «Ivan Xurs» razvedkaçi kemasiga hujum qilgani haqida xabar berdi.
Rossiya harbiylari katerlarning barçasi yöq qilinganini da’vo qildi, biroq Ukraina qurolli kuçlari ulardan birining kamerasidan olingan videoni namoyiş etdi va bu kadrlarda dron kemaga juda yaqin borgani, katta ehtimol bilan unga urilgani köringan. Ammo, keyinçalik Sevastopolga suzib kelgan «Xurs»ning fotosuratlari paydo böldi.
Mustaqil harbiy tahlilçi va harbiy-dengiz masalalari böyiça mutaxassis Eyç-Ay Satton öz blogida yozganidek, 2022-2023 yillarda oçiq manbalarda turli boşqaruvçisiz katerlarning bir neçta turlari, şuningdek, bitta suv osti qurilmasi paydo bölgan.
Ulardan kamida bittasining taktik-texnik xususiyatlari ma’lum. 2022 yil noyabr oyida Ukraina şunday dronlar parkini quriş uçun mablağ yiğişni boşladi. Kampaniyani prezident Volodimir Zelenskiy öz rasmiy telegram-kanalida reklama qildi.
Apparat uzunligi 5,5 metr, suziş uzoqligi 800 kilometr, avtonomiya 60 soat, maksimal tezligi soatiga 80 kilometr, jangovar kallagi esa 200 kilogramm.
Eyç-Ay Satton tomonidan tayyorlangan illyustratsiyalarga köra, barça Ukraina katerlari deyarli bir xil ölçamlarga ega va bunga mos ravişda foydali yuk hajmi ham öxşaş.
Ehtimol, keyingi modellarning xususiyatlari suziş uzoqligi, tezlik yoki aloqa, navigatsiya va boşqaruv tizimlarida farq qilişi mumkin.
Dengiz dronlaridan qanday himoyalaniş mumkin?
2022 yil oktyabr oyidagi Sevastopolga muvaffaqiyatli hujumdan söng, köplab şarhlovçilar internetda dengiz uruşida yangi davr boşlanganini e’lon qildi. Öşanda haqiqatan ham közga taşlanmaydigan ekipajsiz katerlar kemalarga tezlik bilan yaqinlaşib, ularga jiddiy zarar yetkazişi mumkindek tuyuldi.
Biroq, bunday yöq qiliş vositasi ança yangidek körinişiga qaramay, dengiz dronlari uzoq vaqtdan beri mavjud bölgan qurilmalar — tezyurar zarbdor katerlar va torpedalar bilan juda köp umumiyliklarga ega bölib çiqdi. Bu apparatlarning har biriga qarşi kuraş taktikasi esa allaqaçon işlab çiqilgan.
Dengiz yoki reyddagi kemalar kiçik qurilmalarga qarşi samarali kuraşişi mumkin bölgan turli aniqlaş vositalari hamda tez öt oçadigan töplar va pulemyotlar bilan özlarini himoya qilişi mumkin.
Bundan taşqari, körfazlar va ulardagi kemalar, köpriklar, burğilaş platformalari va boşqa obektlar kabi yirik nişonlar suzuvçi tösiqlar — ya’ni uzun «zanjir» bilan birlaştirilgan suzuvçi buylar orqali himoyalanişi mumkin. Bunday tösiqlar suv usti qurilmalari harakatiga xalaqit beradi.
Suv osti kemalariga qarşi esa maxsus törlardan foydalaniş mumkin. Harbiy işlarda pölat törlar kemalar va turli obektlarni torpedalar zarbasidan himoya qiladi.

Foto: SERGEI MALGAVKO/TASS
Bular köprikni dron hujumlaridan himoya qilişning eng oddiy usullari. Biroq, Ukrainaning ekipajsiz katerlari köprikkaça yetib borgani va unga zarar yetkazganidan kelib çiqib, bu mudofaa çoralari körilmagan deb taxmin qiliş mumkin.
Bundan taşqari, yanada murakkab tizimlar ham mavjud, masalan sohil mudofaasining gidroakustik uskunalari, dengiz yuzasidagi obektlar harakatini kuzatiş uçun radar stansiyalari.
Şubhasiz, ekipajsiz kiçik qayiqlarni radar yordamida aniqlaş qiyin, biroq Qrimdagi köprik Rossiya propagandasida juda muhim örin tutganiga qaramay, bunday tizimlardan yo foydalanilmagan yoki ular işlamagan.
Nihoyat, Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bosqini boşlanişidan oldin ham, Rossiya matbuotida köprik zamonaviy radioelektron kuraş vositalari bilan himoyalangani bir neça bor aytilgan.
Bunday tizimlar radioaloqa orqali masofadan boşqariladigan qurilmalarga qarşi haqiqatan ham samarali. Bundan taşqari, radioelektron kuraş vositalari avtonom dronlar foydalanadigan sun’iy yöldoş navigatsiya tizimlariga ham ta’sir qilişi mumkin.
Lekin, köprik hududiga radioelektron kuraş tizimlari joylaştirilgani haqidagi da’volarga qaramay, yoki ular ham dengiz dronlarining zarbalariga xalaqit bera olmagan yoxud öşa paytda işlamagan.













