Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Islom taraqqiyot banki guruhi bilan xususiylashtirish jarayonida hamkorlik o‘rnatildi
O‘zbekistonda xususiylashtirish va korporativ boshqaruv jarayonlarini rivojlantirishni amaliy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan jarayonni boshlash rejalashtirilgan.
Joriy yil 20 iyul kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmal Ortiqov va Islom taraqqiyot banki guruhiga kiruvchi Investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash islom korporatsiyasi (ICIEC) bosh direktori Usama Kaissi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Memorandum tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik va ishonch tamoyillariga muvofiq tuzilgan bo‘lib, uning doirasida savdo, investitsiyalar, xususiylashtirish va korporativ boshqaruv sohasida malaka va tajribani oshirish maqsadida axborot almashish yo‘nalishida hamkorlik amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, memorandum xususiylashtirish sohasida hamkorlikka, ICIEC mijozlari bazasi va yirik tadbirkorlar o‘rtasida O‘zbekistonda xususiylashtirilayotgan davlat aktivlari to‘g‘risida reklama kampaniyalarini o‘tkazish orqali salohiyatli investorlarni jalb qilishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Memorandum bilan O‘zbekistonda xususiylashtirish va korporativ boshqaruv jarayonlarini rivojlantirishni amaliy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan jarayonni boshlash rejalashtirilgan. Seminarlar, ishchi uchrashuvlar tashkil etish, har ikki tomon vakillarining dolzarb masalalar va kelishilgan mavzular bo‘yicha o‘zaro tashriflari va suhbatlar ko‘rinishida barcha zarur yordam ko‘rsatiladi.
Mavzuga oid
20:15 / 19.06.2026
Kuba parlamenti 65 yil ichidagi eng yirik iqtisodiy xususiylashtirishni ma’qulladi
09:00 / 14.06.2026
“GAI”dan takliflar, renovatsiya qonuni va qaytarib olingan zavod – hafta dayjesti
12:35 / 04.06.2026
Mobiuz aloqa operatori 351 mln dollarga sotildi
17:27 / 02.06.2026