Ammo şunday kimsalar borki, oqni qora, qorani oq qilib körsatişni öz odat tusiga aylantirib ulgurgan. Bundan bir tuki qilt etmaydi. Vijdoni qursoği bilan hisoblaşadi. Qorin töyyaptimi, nafs qonyaptimi, böldi: vijdon dam oladi…
Taniqli özbek yozuvçisi Ötkir Hoşimov özining «Ikki karra ikki beş» asarida aynan şunday kaslarning kirdikorlarini qalamga olgan. Asar töliq yumor tarzida yozilgan, közingiz yoşlangunga qadar kuldiradigan sahnalarga boy. Ammo öşa kulgilar ostida aççiq haqiqatlar berkinib turgan böladi. Aynan şu aççiq haqiqatlar boisidan ham roman öz vaqtida qattiq tanqidga olingan, beobro‘ qilinişga urinilgan.
Oltin zanglamas, haqiqat egiladi, bukiladi, sinmaydi deganlaridek, uşbu asar bugun öquvçilar qölida turibdi.
Syujyet:
Asar boş qahramoni — Qöşoqvoy. Hikoya aynan şu bola tilidan aytiladi. U hali maktabga çiqmagan paytlari baland yonğoqdan yiqilib, boşi qattiq lat yeydi. Şundan keyin aqliy jihatdan tengdoşlaridan biroz ortda qola boşlaydi. 9 yoşidan maktabga boradi. Uning eng yaqin dösti Şodivoy. U Rais buvaning arzandasi. Ikki örtoq xöp kulgili voqealarni boşdan keçiradi.
Ana-mana qilib maktabni ham bitirişadi. Rais Şodivoyni «yuridika»da öqitmoqçi böladi. Ammo Şodivoy Qöşoqvoysiz öqimayman deb turib oladi.
Rais Qöşoqvoy va Şodivoyni yoniga olib, Toşkentga jönaydi. U yerda bir kattakon domla bilan kelişib, Qöşoqvoyni öqişdan ötkazib berişga va’dalaşadi. Imtihonda har ikki jöra bir xil vazifa bajarişadi va anglaşilmovçilik sabab Şodivoy qolib Qöşoqvoy imtihondan ötib ketadi. Ammo raisning kuyib-pişişi orqali bu «xato» tezda tuzatiladi.
Rais Şodivoyning dod-voyiga qaramay Qöşoqvoyni qişloqqa qaytarib olib ketadi. Ikki jöra keyinçalik tuşunadiki, Qöşoqvoyni imtihonga kirişi Şodivoyni köndiriş uçun bölgan ekan.
Qöşoqvoyni Rais buva brigadir qilib qöyadi. Qöşoqvoy sonlar, raqamlar masalasida biroz oqsardi. Judayam sodda edi. Uning ayni şu holati Raisga qöl kelardi.
Kunlardan bir kun qahramonimiz Raisning Nargiza ismli kotibasiga mubtalo böladi. U qiz bir kattakonning jiyani böladi. Rais ham şuni kutib turgandek darrov qizni Qöşoqvoyga unaştirib, töyni tezlaştirib yuboradi. Bundan faqatgina Qöşoqvoyning dadasigina şubhaga tuşadi. Ammo uning şubhalariga kim ham quloq osardi. Axir bu töyga şaxsan Rais buva boşçilik qilyapti-ku!
Töy juda dabdaba bilan taşkillaştiriladi. Oddiy brigadir bölib işlaydigan, neça oylab oylik olmaydigan Qöşoqvoy uçun bunday tökin-soçinlik böynigaça qarzga botiş demakdir. Nima qilsin – özbekçilik...











