Özbekiston Xalq yozuvçisi Ötkir Hoşimov asarlari millionlab kitobxonlarning ma'naviy mulkiga aylanib ulgurgan. Qariyb ellik yil davomida adibning yuzdan ortiq kitobi turli tillarda çop etilgani ham yozuvçi asarlarining adabiyot olamida naqadar ahamiyatli ekanini körsatib turibdi.

Özbekiston Matbuot va axborot agentligining «Öqituvçi» naşriyot-matbaa ijodiy uyi yozuvçining eng sara asarlarini naşr etişni boşladi. Bugungi kunga qadar adibning 9ta kitobi naşrdan çiqdi. Quyida ular bilan tanişiş mumkin:

1. Bahor qaytmaydi

Foto: «Öqituvçi» naşriyot-matbaa ijodiy uyi

1969 yilda yozilgan uşbu qissada iste'dodli bir yigitning şuhrat ilinjida xazon bölgan umri, ma'naviy-ruhiy inqirozi san'atkorona ifodalangan. Uşbu asar sahnalaştirilganiga qaramay öquvçilar tomonidan adibning eng köp öqiladigan kitoblardan biri hisoblanadi.

2. Nur borki, soya bor

Foto: «Öqituvçi» naşriyot-matbaa ijodiy uyi

1976 yilda yozilgan uşbu asar adibning ilk romani bölib, çuqur muşohadaga çorlaydigan, «bir nafasda» öqiladigan mazkur asarda yuqori mansabdagi va aksinça oddiy inson sifatida el orasida qadr topib yaşayotgan bir-biriga qarama-qarşi, lekin qaysidir ma'noda tutaşgan taqdirlarni özida töliq mujassamlaştirgan.

Bularning zamirida kişilar hayotining adib közi bilan körilgan aniq va ravşan tafsilotlari huddi bugungidek yorqin ifoda etiladi. Inson taqdiri, uning hayot va mamot örtasidagi oniy lahzalik davr mobaynida boşidan keçirganlari, tiriklik atalmiş daryo özanida hamma qatori birdek oqiş kerakmi yoki aksinça oqimga qarşi suzmoq darkormi, mana şunday savollar öz javobini topgan köngilga yaqin asar bu.

3. Hikoyalar