“Dunyoning işlari” ingliz tiliga tarjima qilindi. Bu haqda tarjimon Mark Ris özining Facebook'dagi sahifasida e’lon qildi. Kitob 31 martdan Amazon saytida sotuvga çiqqan. “Dunyoning işlari”ning reklamasi Nyu-York metrosida ham paydo bölgan. Tarjimonlar Mark Ris va Abdulla Röziyev asar nomini ingliz tiliga “Such is Life” deb ögirişgan. Risning yozişiça, kitobni tarjima qilişdan naşr qilişgaça 5 yil vaqt ketgan.

Ris kitobni naşr qilişgaça bölgan bosqiçda qatnaşganlarga minnatdorçilik bildirgan. Jumladan, Dildora Şomurodova (rassom), Jon Kempion (muharrir), Gulnoza Ismoilova (muharrir), Munira Norova (muharrir), Jahongir Azimov (muharrir) va Abdullo Röziyevlar (tarjimon) “Dunyoning işlari” ingliz tiliga tarjima qilinib, kitob holida çiqişida iştirok etişgan.

Mark Ris özbek adabiyoti durdonalarini ingliz tiliga tarjima qilişda tajribaga ega. U bundan oldin Abdulla Qodiriyning “Ötkan kunlar” asarini ingliz tiliga tarjima qilgan edi.
Ma’lumot uçun, asar Özbekiston xalq yozuvçisi Ötkir Hoşimov qalamiga mansub memuar qissa. U katta-kiçik hikoyalardan iborat, uzoq yillar davomida yozilgan va ilk marta töliq tarzda 2005 yilda "Şarq naşriyoti" tomonidan naşr etilgan.











