Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manturov: Rossiyada bir oyda o‘q-dori yetkazib berish hajmi o‘tgan yilgi umumiy ko‘rsatkichdan yuqori
Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Denis Manturovning aytishicha, oylik o‘q-dori yetkazib berish hajmi hozirda o‘tgan yilgi barcha ko‘rsatkichdan oshib ketgan.
«Deyarli barcha korxonalar, kamdan-kam holatlardan tashqari, vaqt va hajm bo‘yicha misli ko‘rilmagan jadvallarga amal qilyapti. Alohida uzilishlar tezda bartaraf etilyapti yoki shunga o‘xshash mahsulotlar bilan qoplanyapti», dedi Manturov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2023 yil boshidan beri ko‘plab turdagi qurollar, harbiy va maxsus texnikalar o‘tgan yilga nisbatan ancha ko‘p ishlab chiqarilgan, deb yozadi «Interfaks».
Avvalroq Vashington Qo‘shma Shtatlar tomonidan yetkazib berilgan kassetali o‘q-dorilar allaqachon Ukraina qurolli kuchlari tomonidan qo‘llanayotganini tasdiqlagandi.
AQSh Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlarining dastlabki baholashiga ko‘ra, kassetali o‘q-dorilardan «samarali va maqsadga muvofiq» foydalanilmoqda. Bu haqda Kirbi 20 iyul, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.
Ukraina kassetali o‘q-dorilardan faqat dushman kuchini siqib chiqarish uchun foydalanishga va’da berdi, deb eslatadi Reuters.
Mavzuga oid
08:31 / 04.12.2025
Rossiya kompaniyalari O‘zbekistonda IT va energetika bo‘yicha yangi loyihalarni taqdim etdi
11:38 / 03.12.2025
Manturov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi O‘zbekistonda iqtisodiy forum o‘tkazadi
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025