Niger prezident gvardiyasi askarlari mamlakat rahbari Muhammad Bazumni qölga oldi. Isyonçilar poytaxt Niameydagi prezident saroyini bloklab qöygan. Şu bilan birga, bino hududida vaziyat tinçligiça qolyapti, otişma kuzatilmagan.

Harbiylar milliy televideniye orqali prezident Muhammad Bazuma ağdarilgani haqida e’lon qildi.

Ular şuningdek konstitutsiya va barça davlat institutlari faoliyati töxtatilgani hamda mamlakat çegaralari yopilganini ma’lum qilgan.

General-polkovnik Amadu Abdurahmon töqqiz nafar harbiy xizmatçi qurşovida turgan holda televideniye orqali çiqiş qildi.

«Biz, mudofaa va xavfsizlik kuçlari siz bilgan rejimga barham berişga qaror qildik. — degan telemurojaatida general. — Bu xavfsizlik bilan boğliq vaziyat yomonlaşuvi hamda iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi qoniqarsiz boşqaruv tufayli böldi».

Uning sözlariga köra, vazirliklar rahbarlari öz kundalik vazifalarini bajarişda davom etadi.

«Barça taşqi hamkorlardan aralaşmaslik söraladi, — deya davom etgan general. — Çegaralar vaziyat barqarorlaşmaguniça yopiladi».

26 iyul kuni Muhammad Bazum Niameydagi qarorgohida prezident gvardiyasi askarlari tomonidan qamalda qolgani ma’lum bölgandi. Şu bilan birga, prezident ofisidagilar respublika qurolli kuçlari prezident gvardiyasi askarlari isyonini qöllab-quvvatlamayotganini ma’lum qilgandi.

AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken hamda BMT boş kotibi Antoniu Guterriş isyonçilar tomonidan öz saroyida tutib turilgan prezident Bazumga qönğiroq qilişgan va uni qöllab-quvvatlaşlariga işontirişgan.

Ğarbiy Afrika mamlakatlari mintaqaviy ittifoqi (Ecowas) Nigerdagi isyonga uriniş haqida e’lon qildi va uni keskin qoraladi. Benin prezidenti Patris Talon muzokaraçi sifatida Nigerga yöl oldi.

Şuningdek, özini Vatan mudofaasi böyiça milliy kengaş deb atagan yangi harbiy xunta mamlakatda mahalliy vaqt bilan soat 22:00 dan 05:00 ga qadar komendantlik soati joriy etgan.

Jeune Afrique naşriga köra, Bazumning prezident gvardiyasi qömondoni general Umar Çianini işdan oliş niyati isyonga sabab bölgan bölişi mumkin. Çiani sobiq prezident Muhammad Issufu davridan buyon şu lavozimda edi.

Niger — Ğarbiy Afrikaning dengizga çiqiş imkoni yöq davlatlaridan biri hisoblanadi. Mamlakat aholisi — 25 mln kişi atrofida, umumiy maydoni — 1,267 mln kv. km (dunyoda 21-örin).

Niger Afrikadagi eng qaşşoq va «töntarişlarga eng moyil» davlatlardan biri, deb yozadi AFP. 

Muhammad Bazum — 2021 yilgi saylovlarda ğalaba qozonib, Nigerning yettinçi prezidentiga aylangan. Bazum qasamyod qabul qilişidan biroz avvalroq, 2021 yil martida Nigerda davlat töntarişiga urinişining oldi olingandi.

Prezident Bazum Fransiyaning yaqin ittifoqçisi sanaladi. U oldingi prezident davrida IIV va TIV rahbari lavozimlarida işlagan.

Niger prezidenti Muhammad Bazum (Foto: Temilade Adelaja / Reuters)

1960 yilda Fransiyadan mustaqillik qölga kiritilganidan buyon Nigerda tört bor davlat töntarişi amalga oşirilgan, şuningdek bir neça uriniş muvaffaqiyatsizlikka uçragan.

Mamlakatda sönggi davlat töntarişi 2010 yil fevralida röy bergan va prezident Mamadu Tandjaning ağdarilişi bilan yakunlangan.

Nigerda jangarilar ham faol harakatlanadi. Bunday guruhlardan biri mamlakat janubi-ğarbiga 2015 yilda qöşni Malidan kirib kelgan, ikkinçisi janubi-şarqda harakatlanadi, bu guruh bazasi esa qöşni Nigeriyaning şimoli-şarqida joylaşgan.

Mamlakatda ham «Al-Qoida», ham IŞID bilan aloqador guruhlar faoliyat yuritadi.

Yaqinda qöşni mamlakatlar - Mali va Burkina-Fasoda - jihodçilar taşabbusi bilan amalga oşirilgan davlat töntarişlari röy bergandi.

Poytaxt Niamey köçalarida tinç vaziyat hukmron. Foto: Getty Images

Nigerdagi voqealar 27-28 iyul kunlari Sankt-Peterburgda bölib ötadigan Rossiya-Afrika sammiti arafasida rivojlanmoqda.

Afrika mamlakatlarining köpçilik yetakçilari sammitda qatnaşişdan boş tortgan.

TASS agentligi öz manbasiga tayanib xabar berişiça, Bazumning sammitga taşrifi rejalaştirilmagandi. Agentlik ma’lumotiga köra, Nigerning boşqa rasmiylari ham iştirokçilar röyxatida yöq.

«Niger sammit işida qatnaşmaydi, bu sönggi voqealar bilan boğliq emas», - degan boşqa bir manba RIA Novosti agentligiga.